Jahon

Dala komandiri, o‘qituvchi va sudya — «Tolibon» harakatining rahbarlari kim?
19 avgust 2021, 17:32

Dala komandiri, o‘qituvchi va sudya — «Tolibon» harakatining rahbarlari kim?

Afg‘onistonda nazoratni qo‘lga kiritgan «Tolibon» harakati o‘z boshqaruv shakli va turini yaqin orada e’lon qilish arafasida. 20 yillik tanaffusdan so‘ng mamlakat hokimiyati tepasiga kelgan harakatni boshqarayotgan yetakchilar kim va ular haqida nimalar ma’lum? Bu haqda «Gazeta.uz» maqolasida.

Ashraf G‘ani tez orada Afg‘onistonga qaytishga va’da berdi
19 avgust 2021, 11:22

Ashraf G‘ani tez orada Afg‘onistonga qaytishga va’da berdi

Ashraf G‘ani videomurojaat bilan chiqib, Afg‘onistonni tark etishini «qon to‘kilishini oldini olish zarurati» bilan izohladi. Siyosatchi tez orada mamlakatga qaytishga va’da berdi. Shuningdek u «Afg‘onistonda adolatga erishish uchun» harakatlarini davom ettirishini ta’kidlab, afg‘onlar manfaati uchun kurashmoqchi ekanini ma’lum qildi.

Jahon yangiliklari dayjesti
18 avgust 2021, 21:58

Jahon yangiliklari dayjesti

Facebook’ning koronavirus haqida noto‘g‘ri ma’lumotlari bo‘lgan 18 mlnta postni o‘chirib tashlagani, Moskvada kuchli yomg‘irlar tufayli 70 ta reysning bekor qilingani, Afg‘oniston mojarosi bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Ashraf G‘ani oilasi bilan BAAda
18 avgust 2021, 20:17

Ashraf G‘ani oilasi bilan BAAda

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani oilasi bilan Birlashgan Arab Amirliklarida, deya xabar qildi mazkur mamlakat Tashqi ishlar vazirligi.

«Ayol sifatida, o‘zimni erkaklar boshlagan siyosiy urushning qurbonidek his qilyapman» — Kobuldagi afg‘on ayoli
18 avgust 2021, 18:00

«Ayol sifatida, o‘zimni erkaklar boshlagan siyosiy urushning qurbonidek his qilyapman» — Kobuldagi afg‘on ayoli

«Tolibon» Afg‘oniston poytaxti Kobulni egallaganidan so‘ng, aholi orasida juda katta vahima boshlangan. Mamlakat fuqarolaridan biri, Kobulda istiqomat qiluvchi 24 yoshli universitet talabasi, bolalarga ingliz tilidan dars berib kelgan qiz, «afg‘on ayollarining qo‘zidagi qo‘rquv» va endilikda ularning hayoti qanday o‘zgarishi mumkinligi haqida hikoya qiladi.

«Biz tinch yashamoqchimiz». «Tolibon»ning birinchi matbuot anjumani
18 avgust 2021, 13:56

«Biz tinch yashamoqchimiz». «Tolibon»ning birinchi matbuot anjumani

«Tolibon» harakati Afg‘onistonda hokimiyatni egallaganidan so‘ng birinchi matbuot anjumanini o‘tkazdi. Harakat vakili Zabihullo Mujohid toliblar tinchlikda yashashni istashini va mamlakat hududini boshqa davlatlarga hujum uchun ishlatishga yo‘l qo‘ymasliklarini ta’kidladi. «Tolibon» harakatining eng muhim bayonotlari va va’dalari.

Gaitidagi zilzila qurbonlari soni 1900 dan oshdi
18 avgust 2021, 11:34

Gaitidagi zilzila qurbonlari soni 1900 dan oshdi

Gaitida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 1941 nafarga yetdi, 9000 dan ortiq kishi jarohatlangan.

Jahon yangiliklari dayjesti
17 avgust 2021, 21:22

Jahon yangiliklari dayjesti

Fransiyada o‘rmon yong‘inlari tufayli minglab odamlarning evakuatsiya qilinayotgani, Gaitidagi zilzila qurbonlari sonining 1,4 ming nafardan oshgani, Afg‘oniston mojarosi bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Amerika samolyoti bir reysda 640ga yaqin afg‘onistonlikni evakuatsiya qildi
17 avgust 2021, 16:51

Amerika samolyoti bir reysda 640ga yaqin afg‘onistonlikni evakuatsiya qildi

Yakshanba kuni kechqurun Amerika harbiy-havo kuchlarining Boeing C-17 Globemaster III rusumli harbiy-transport samolyoti Kobuldan 640 nafarga yaqin afg‘onlarni evakuatsiya qildi. Barcha qochqinlar samolyot poliga joylashtirilgan hamda ular sog‘-salomat Qatardagi aviabazaga yetib borishgan.

Toliblar afg‘onlarni ishlariga qaytishga chaqirdi
17 avgust 2021, 14:17

Toliblar afg‘onlarni ishlariga qaytishga chaqirdi

«Tolibon» hukumat amaldorlariga umumiy amnistiya e’lon qildi va afg‘onlarni ishga qaytishga chaqirdi. TOLOnews telekanali ayol teleboshlovchi va muxbirlar ishtirokidagi ko‘rsatuvlarni uzatishda davom etmoqda.

Amerika Afg‘onistonda o‘z maqsadiga erishdi — Jo Bayden
17 avgust 2021, 02:24

Amerika Afg‘onistonda o‘z maqsadiga erishdi — Jo Bayden

AQSh prezidenti Afg‘onistondan harbiylarni olib chiqib ketayotganidan afsusda emasligini aytib, Amerika Afg‘onistonda o‘z maqsadiga erishganini ma’lum qildi. «Bizning Afg‘onistondagi yagona hayotiy va muhim manfaatimiz AQShga nisbatan terrorchilik hujumlarining oldini olish bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi», — dedi u.

Afg‘onistonlik marshal Do‘stum O‘zbekistonda — OAV
17 avgust 2021, 01:10

Afg‘onistonlik marshal Do‘stum O‘zbekistonda — OAV

Kelib chiqishi o‘zbek bo‘lgan afg‘onistonlik marshal Abdul-Rashid Do‘stum «Tolibon» nazoratiga o‘tgan Mozori-Sharifdan O‘zbekiston tomonga qochib ketdi, deb xabar tarqatmoqda xorij OAVlari. Mazkur ma’lumot hozircha rasman tasdiqlangani yo‘q.

Jahon yangiliklari dayjesti
16 avgust 2021, 20:58

Jahon yangiliklari dayjesti

Malayziya bosh vazirining iste’fosi, Rossiyadagi o‘rmon yong‘inlari va suv toshqinlari, Afg‘oniston mojarosi bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Yuzlab odamlar Afg‘onistondan so‘nggi samolyotlarga chiqishga urinishdi. Bir necha kishi vafot etdi (video)
16 avgust 2021, 16:02

Yuzlab odamlar Afg‘onistondan so‘nggi samolyotlarga chiqishga urinishdi. Bir necha kishi vafot etdi (video)

Kobul aeroportida yuzlab odamlar Afg‘onistondan uchadigan so‘nggi samolyotlarga tirmashib chiqishayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Ulardan ba’zilari samolyotlarning bortiga, ba’zilari esa tezlikni oshirayotgan samolyot tagiga qo‘llari bilan ilinmoqchi bo‘lganlar. Hozirda aeroportdagi holatlardan so‘ng bir necha kishi halok bo‘lgan.

BMT muhtoj bo‘lgan barcha afg‘onlarga gumanitar yordam ko‘rsatishga tayyorligini ma’lum qildi
16 avgust 2021, 13:09

BMT muhtoj bo‘lgan barcha afg‘onlarga gumanitar yordam ko‘rsatishga tayyorligini ma’lum qildi

BMT bosh kotibi Antoniu Gutterish Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha munosabat bildirib, gumanitar yordam yetkazib berish imkoniyatini ta’minlash uchun tomonlarni «maksimal darajada bosiq bo‘lishga» chaqirdi. Shuningdek, bosh kotib ayollar va qizlarning kelajagidan xavotirda ekanligi ta’kidladi. Dushanba kuni Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha BMT Xavfsizlik Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi o‘tkaziladi.

«Tolibon» mamlakatda «urush yakunlanganini» e’lon qildi
16 avgust 2021, 12:13

«Tolibon» mamlakatda «urush yakunlanganini» e’lon qildi

«Tolibon» harakati vakillari Al-Jazeera telekanali efirida «Afg‘onistonda urush tuguganligi» haqida e’lon qildi. Shuningdek, ular «harakat har bir qadamini mas’uliyat bilan bosishini va barcha tomonlar bilan tinch munosabatlarni saqlash niyatida» ekanligini ta’kidlashmoqda. Toliblar boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmasligini qayd etdi.

60 dan ortiq mamlakatlar Afg‘onistonni tark etmoqchi bo‘lganlarga imkon berishga chaqirdi
16 avgust 2021, 11:28

60 dan ortiq mamlakatlar Afg‘onistonni tark etmoqchi bo‘lganlarga imkon berishga chaqirdi

60 dan ortiq mamlakatlar qo‘shma bayonot bilan chiqib, chet elliklar va mamlakatni tark etmoqchi bo‘lgan afg‘on fuqarolarini xavfsiz chiqib ketishini ta’minlashga chaqirdi.

Toliblarning Afg‘onistondagi «kambeki»: O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari uchun oqibatlar
16 avgust 2021, 10:37

Toliblarning Afg‘onistondagi «kambeki»: O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari uchun oqibatlar

Yakshanba kuni «Tolibon» Afg‘oniston hududida o‘z nazoratini o‘rnatganligini e’lon qildi. Xalqaro munosabatlar sohasi bo‘yicha mutaxassis Yuriy Saruxanyan Afg‘onistonda hokimiyat o‘zgarishi O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida fikr yuritadi.

Ashraf G‘ani Afg‘onistonni tark etdi. Toliblar mamlakatda Islom amirligini tuzmoqchi
16 avgust 2021, 00:47

Ashraf G‘ani Afg‘onistonni tark etdi. Toliblar mamlakatda Islom amirligini tuzmoqchi

Ashraf G‘ani qon to‘kilishining oldini olish maqsadida Afg‘onistonni tark etdi. OAVlar xabariga ko‘ra, davlat rahbari Tojikiston orqali Ummonga yetib borgan. Biroq, New York Times u ayoli va ikki nafar yordamchisi bilan O‘zbekistonga yo‘l olganiga ishontirmoqda. Prezident saroyini qo‘lga kiritgan «Tolibon» harakati a’zolari esa Afg‘oniston Islom amirligi tuzilganini e’lon qilishni ko‘zlayapti.

Toliblar Kobulga kirdi. Afg‘oniston prezidentining iste’fosi kutilmoqda
15 avgust 2021, 18:12

Toliblar Kobulga kirdi. Afg‘oniston prezidentining iste’fosi kutilmoqda

«Tolibon» harakati a’zolari Kobulga kirdi. OAV Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani iste’foga chiqishi ehtimoli haqida xabar qilmoqda. Afg‘oniston TIV rahbari hokimiyatning tinch yo‘l bilan o‘tishini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting