AQSh prezidenti Jo Bayden Afg‘oniston mojarosi yuzasidan Oq uyda qilgan ilk телемурожаатида Amerika Afg‘onistonda o‘z maqsadiga erishganini ma’lum qildi.

«Bizning Afg‘onistondagi missiyamiz hech qachon millat qurish bo‘lmagan, yagona, markazlashgan demokratiya yaratish bo‘lmasligi ham kerak edi. Bizning Afg‘onistondagi yagona hayotiy va muhim manfaatimiz AQShga nisbatan terrorchilik hujumlarining oldini olish bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi», — dedi Bayden.

U Afg‘oniston o‘zi uchun kurashmasa, amerikaliklar ular uchun kurashmasligi va bu qaroridan afsuslanmayotganini ta’kidladi. «Ushbu mamlakat hukumati qochib ketdi, armiya esa muvaffaqiyatsizlikka uchradi», — dedi AQSh yetakchisi.

Sputnik`ning Pentagonga tayanib yozishicha, AQSh o‘zining hududida 20−22 ming afg‘onistonlik qochqinlarni qabul qilish uchun uchta aviabazada joy hozirlamoqda. Qolaversa, Qobuldagi xalqaro aeroport o‘z faoliyatini tiklashi ma’lum qilindi.