Gaitidagi zilzila qurbonlari soni 1941 nafarga yetdi, jarohatlanganlar soni 9000 dan oshdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti mamlakat fuqarolik mudofaasi xizmatiga tayanib.

14 avgust kuni Gaitining qirg‘oqlarida 7,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Yer osti silkinishlari o‘chog‘i kichik Peti-Tru-de-Nip aholi punkti shimolidan sakkiz kilometr masofada joylashgan. Keyinroq 5,2 magnitudagacha kuchdagi yangi silkinishlar takrorlandi.

Gaiti bosh vaziri Ariel Anri bir oy muddatga favqulodda holat e’lon qilgan.