15 avgust kuni kechqurun Amerika harbiy-havo kuchlarining Boeing C-17 Globemaster III rusumli harbiy-transport samolyoti Kobuldan 640 nafarga yaqin afg‘onlarni evakuatsiya qildi. Bu haqda DefenceOne nashri AQSh Mudofaa vazirligining rasmiy ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

AQSh mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, ekipaj odamlarni qaytarib tushirib yubormaslikka va ularning barchasini olib ketishga qaror qilgan. Barcha qochqinlar samolyot poliga joylashtirilgan hamda ular sog‘-salomat Qatardagi aviabazaga yetib borishgan.

AQSh mudofaa vazirligi Defense One nashriga ma’lumot berishicha, ekipaj odamlarni qaytarib tushirib yubormaslikka va ularning barchasini olib ketishga qaror qilgan. Barcha qochqinlar samolyot poliga joylashtirilgan hamda sog‘-salomat Qatardagi aviabazaga uchib borishgan.

Bu C-17 samolyotlarining eng ko‘p yo‘lovchili parvozlaridan biri. 2013 yilda C-17 Filippinda to‘fon ta’sirida qolgan rekord miqdordagi yo‘lovchilarni tashigan — o‘shanda 670 kishi falokat zonasidan bitta reysda olib chiqilgan.