Kobuldagi Hamid Karzay nomidagi xalqaro aeroport «Tolibon» jangarilari hujumi paytida qochayotganlarga Afg‘onistonni tark etishlari mumkin bo‘lgan yagona joy bo‘ldi, deb yozmoqda Meduza.

15 avgustda, «Tolibon» Kobulni egallab olgach, AQSh va boshqa G‘arb davlatlari diplomatlari aeroportga evakuatsiya qilina boshladi. Aeroportni olti ming amerikalik harbiylar o‘z himoyasiga olgan. Amerikaliklarni elchixonadan evakuatsiya qilgan vertolyotlar kelishi va aeroportda fuqarolik reyslarining bekor qilinishi haqidagi xabarlar fonida odamlar orasida vahima paydo bo‘lgan. Bir necha yuz kishi, shu jumladan bolali ota-onalar, Afg‘onistondan so‘nggi samolyotlarga chikishga ulgurishga harakat qilib, uchish-qo‘nish yo‘lagiga yugurib chiqishgan.

The Guardian nashrining tasdiqlanmagan xabarlariga ko‘ra, Kobuldan oxirgi tijorat reyslaridan bir necha odamlar chiqarib yuborilgan, chunki samolyotlar to‘lib ketgani tufayli ucha olmagan.16 avgust kuni ertalab ijtimoiy tarmoqlarda bir necha o‘nlab odamlar samolyot bortiga chiqmoqchi bo‘lgani tasvirlangan video tarqaldi. Unda odamlar yo‘lovchilar o‘tish yo‘lagiga tirishib chiqayotganliklarini ko‘rish mumkin.

Foto: AFP / Scanpix / LETA

Mahalliy jurnalist qo‘lida chamadon bilan aeroport tomon yugurayotgan odamlarni tasvirga olgan. Lavhada o‘q ovozlari eshitiladi.

Aeroportni nazorat qilayotgan AQSh harbiylari havo samolyotlaridan biriga chiqish uchun uchish-qo‘nish yo‘lagiga chiqmoqchi bo‘lgan afg‘onlarni to‘xtatish uchun havoga ogohlantiruvchi o‘q ochgan, deb xabar bermoqda Reuters AQSh vakiliga tayanib. "Juda qo‘rqinchli. Ular doim havoga o‘q uzmoqda", — dediгуvоҳлардан biri AFPga.

RIA Novosti manbasiga tayanib, otishma oqibatida bir necha kishi halok bo‘lganini xabar qildi. The Wall Street Journal guvohlarga tayanib, kamida uch kishi halok bo‘lganinima’lum qildi. Al Arabiya beshta o‘lim haqida xabar berib, odamlar otishma yoki tiqilinch tufayli o‘lganmi, aniq emasligini qayd etgan. Ijtimoiy tarmoqlarda aeroport yaqinida yotgan qonli jasadlarning suratlari tarqaldi. AQSh harbiylari bu xabarlarga izoh bermadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ham bir nechta odam qo‘li bilan uchish-qo‘nish yo‘lagida tezlikni oshirayotgan samolyot tagiga qo‘llari bilan ilinmoqchi bo‘lganlar aks etgan video tarqaldi. Yana bir lavhada kamida bir kishi yiqilgani ko‘rsatilgan. Keyinroq, Kobulning turar -joylaridan uch o‘likning jasadi topilgan.

16 avgustda Kobuldan barcha tijorat reyslari to‘xtatildi. «Iltimos, aeroportga shoshilmang», —dedi aeroport ma’muriyati. Afg‘oniston fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi Kobul havo hududi harbiylarga topshirilganini ma’lum qilib, Afg‘oniston orqali uchayotgan aviakompaniyalarni o‘z yo‘nalishlarini o‘zgartirishga chaqirdi.

16 avgust kuni ertalab Kobul aeroporti yaqinida qurolli toliblarni ko‘ringan, deyiladi Meduza xabarida.