Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani oilasi bilan Birlashgan Arab Amirliklarida, deya xabar qildi BAA Tashqi ishlar vazirligi.

Xabarda aytilishicha, Afg‘oniston rahbari va uning oilasi gumanitar asoslarga ko‘ra mamlakatga qabul qilingan.

Ashraf G‘ani 15 avgust kuni hokimiyatga «Tolibon» harakati kelganidan so‘ng Kobulni tark etgan edi. Ayrim ommaviy axborot vositalari u turmush o‘rtog‘i va ikki yordamchisi bilan O‘zbekistonga uchgani haqida xabar qilgan edi.

17 avgust kuni «Dunyo» AA Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani, afg‘on dala qo‘mondonlaridan Abdul-Rashid Do‘stum va Atto Muhammad Nurning O‘zbekistonda ekani haqidagi xabarlar haqiqatga mos emasligini ma’lum qildi.