Jahon

Eron SHHTga qo‘shiladi — OAV
9 sentabr 2021, 10:42

Eron SHHTga qo‘shiladi — OAV

Eron Shanxay Hamkorlik Tashkiloti a’zosi bo‘lishi aytilmoqda. 16−17 sentabr kunlari Tojikistonda bo‘ladigan sammitda uning tashkilotga qo‘shilish jarayonlarining boshlanishi mumkin.

Afg‘onistonning Tojikistondagi elchisi «Tolibon» hukumatini tan olmaslikka chaqirdi
9 sentabr 2021, 10:17

Afg‘onistonning Tojikistondagi elchisi «Tolibon» hukumatini tan olmaslikka chaqirdi

Afg‘onistonning Tojikistondagi elchisi Muhammad Zohir Agbar toliblar tuzgan hukumatni «noqonuniy» deb atab, jahon hamjamiyatini uni tan olmaslikka chaqirdi. «Men „Tolibon“ bilan inson huquqlarini hurmat qilmaguncha va inklyuziv hukumat tuzmaguncha hamkorlik qilmayman», — dedi elchi.

Jahon yangiliklari dayjesti
8 sentabr 2021, 21:31

Jahon yangiliklari dayjesti

JSSTning rivojlangan davlatlarni pandemiya davom etishida ayblagani, Grenlandiyada muzlarning erishi, Dunyo hamjamiyatining Afg‘oniston yangi hukumatiga nisbatan munosabati va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

FT: Zeromax 10 yillar avval yopilgan, biroq kompaniyaning auditori uchun savollar yo‘qolgani yo‘q
8 sentabr 2021, 18:37

FT: Zeromax 10 yillar avval yopilgan, biroq kompaniyaning auditori uchun savollar yo‘qolgani yo‘q

EY auditorlik kompaniyasi bankrotlikka uchrab, yopilib ketgan Zeromax kompaniyasi tufayli bosimlar ostida qoldi. Financial Times millionlab dollarlarning zargarlik buyumlarini sotib olishga sarflangani va offshor hisob raqamlariga o‘tkazilganiga e’tibor qaratdi.

Rossiya FVV rahbari mashg‘ulotlar paytida halok bo‘ldi
8 sentabr 2021, 15:17

Rossiya FVV rahbari mashg‘ulotlar paytida halok bo‘ldi

Rossiya favqulodda vaziyatlar vaziri Yevgeniy Zinichev Arktika zonasida o‘tkazilgan mashg‘ulot paytida inson hayotini saqlab qolib, halok bo‘ldi.

Afg‘onistondagi millionlab aholi uchun oziq-ovqat zaxiralari sentabrda tugashi mumkin — BMT
8 sentabr 2021, 13:17

Afg‘onistondagi millionlab aholi uchun oziq-ovqat zaxiralari sentabrda tugashi mumkin — BMT

BMTning rasmiy vakili Ramiz Alakbarov Afg‘onistonning muhtoj aholi qatlamlarisha mo‘ljallangan oziq-ovqat zaxiralari shu oyda tugashi mumkinligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda besh yoshdan kichik bolalarning yarmidan ko‘pi to‘yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekmoqda, aholining uchdan bir qismidan ortig‘i yetarli oziq-ovqat bilan ta’minlanmagan. Ayni paytdagi mavjud talabni qondirish uchun oziq-ovqat sektorining o‘ziga kamida 200 million dollar mablag‘ zarurligi aytilmoqda.

«Tolibon» Afg‘onistonning vaqtinchalik hukumati tarkibini e’lon qildi
7 sentabr 2021, 22:55

«Tolibon» Afg‘onistonning vaqtinchalik hukumati tarkibini e’lon qildi

«Tolibon» harakati Afg‘onistonning vaqtinchalik hukumati tarkibini e’lon qildi. Bosh vazir vazifasini bajaruvchi etib Hasan Oxund, harakat rahbariyati kengashi rahbari, bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga Abdul G‘ani Baradar tayinlandi.

Jahon yangiliklari dayjesti
7 sentabr 2021, 21:50

Jahon yangiliklari dayjesti

Salvadorda bitkoinning rasmiy to‘lov vositasi sifatida tan olingani, Tojikiston rahbarining harbiylarni jangovar tayyorgarlikni oshirishga chaqirgani, Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Jahon parlamentlari ayol rahbarlari sammiti O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi
7 sentabr 2021, 16:48

Jahon parlamentlari ayol rahbarlari sammiti O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi

Jahon parlamentlari ayol rahbarlarining navbatdagi 14-sammiti 2022 yilda O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Mazkur sammit O‘zbekiston va umuman Markaziy Osiyoda ilk marotaba o‘tkaziladi.

Qatar 2022 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatiga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda?
7 sentabr 2021, 09:00

Qatar 2022 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatiga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda?

2022 yili futbol bo‘yicha jahon chempionati ilk bor Qatarda va ilk bor qish faslida o‘tkaziladi. Eng qimmat jahon chempionatida muxlislarni nima kutmoqda, Qatar tashkilotchilik yo‘lida qanday muammolarga duch keldi va jahon chempionatiga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda? Bularning barchasi haqida «Gazeta.uz» maqolasida batafsil.

Jahon yangiliklari dayjesti
6 sentabr 2021, 23:10

Jahon yangiliklari dayjesti

Gvineyada harbiylarning isyon uyushtirgani, Gretsiyada Iqlim inqirozi vazirligining tuzilgani, Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Panjsher qarshilik kuchlari partizan urushiga o‘tayotganini ma’lum qildi
6 sentabr 2021, 18:13

Panjsher qarshilik kuchlari partizan urushiga o‘tayotganini ma’lum qildi

Panjsher qarshilik kuchlari tog‘larga chekinmoqda va Afg‘onistondagi partizanlar urushiga kirishmoqda, deya ma’lum qildi ularning vakili.

«Tolibon» Panjsher provinsiyasini o‘z nazoratiga olganini e’lon qildi. Qarshilik kuchlari buni inkor etmoqda
6 sentabr 2021, 12:34

«Tolibon» Panjsher provinsiyasini o‘z nazoratiga olganini e’lon qildi. Qarshilik kuchlari buni inkor etmoqda

Afg‘onistonning Panjsher provinsiyasida bir necha kundan buyon «Tolibon» va qarshilik kuchlari o‘rtasida to‘qnashuvlar davom etmoqda. Toliblar hududda ustunlikni qo‘lga kiritishganini e’lon qilishmoqda, biroq karshilik kuchlari buni rad etdi. Harakat vakillari Panjsherdagi qarshilik kuchlarining matbuot kotibini o‘ldirgan.

Jahon yangiliklari dayjesti
3 sentabr 2021, 21:25

Jahon yangiliklari dayjesti

Qozog‘istonda AES qurilishi mumkinligi, AQShda suv toshqinlari qurbonlari sonining 45 kishiga yetgani, Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
2 sentabr 2021, 19:58

Jahon yangiliklari dayjesti

Nigeriyada qaroqchilar tomonidan 100 dan ortiq o‘quvchining o‘g‘rilab ketilgani, AQShda «Ida» dovuli tufayli sakkiz kishining halok bo‘lgani, Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
31 avgust 2021, 20:53

Jahon yangiliklari dayjesti

Estoniyada yangi prezident saylangani, Gruziyada COVID-19 holatlari ko‘paygani tufayli yangi cheklovlarning joriy etilgani, Xitoy suvlariga kirayotgan xorijiy kemalar uchun yangi qoidalar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Qozog‘iston mudofaa vaziri harbiy ombordagi portlashdan so‘ng iste’foga chiqdi
31 avgust 2021, 12:54

Qozog‘iston mudofaa vaziri harbiy ombordagi portlashdan so‘ng iste’foga chiqdi

Qozog‘iston prezidenti mudofaa vazirining Jambil viloyatidagi harbiy qism o‘q-dorilar omborida portlash sodir bo‘lganidan keyin bergan iste’fosini qabul qildi. Portlash natijasida halok bo‘lganlar soni 15 nafarga yetdi.

AQSh Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishni yakunladi
31 avgust 2021, 10:18

AQSh Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishni yakunladi

Dushanba kuni AQShning so‘nggi harbiy samolyoti Afg‘onistonni tark etdi va mamlakatning harbiy missiyasi yakunlandi. Shuningdek, AQShning Afg‘onistondagi diplomatik faoliyati ham to‘xtatildi, diplomatlar mamlakatni tark etdi. Kobuldagi elchixona yopiqligicha qoladi.

Jahon yangiliklari dayjesti
30 avgust 2021, 21:48

Jahon yangiliklari dayjesti

Xitoyda bolalarga haftasiga uch soatdan ko‘proq vaqt davomida videoo‘yinlar o‘ynashning taqiqlangani, AQSh janubiga «Ida» dovulining bostirib kelgani, Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha so‘nggi xabarlar va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

AQShning Kobuldagi raketa zarbasi natijasida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi — CNN
30 avgust 2021, 11:44

AQShning Kobuldagi raketa zarbasi natijasida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi — CNN

Yakshanba kuni Kobulda AQSh Qurolli Kuchlari raketa zarbasi orqali portlovchi moddalar o‘rnatilgan mashina yo‘q qilingan. Natijada 9 kishi halok bo‘ldi, ular orasida olti nafar bola bor, deb xabar berdi CNN. AQSh Mudofaa vazirligi mashinada bir nechta xudkushlar bo‘lganini ham taxmin qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting