Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari Yevgeniy Zinichev xizmat vazifasini bajarib, inson hayotini saqlab qolish chog‘ida halok bo‘ldi, deya RIA Novosti boshqarmaga tayanib xabar bermoqda.

«Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yevgeniy Zinichev Arktika zonasini favqulodda vaziyatlardan himoya qilish bo‘yicha idoralararo mashg‘ulotlaridagi ishtiroki paytida, xizmat vazifasini bajarib, inson hayotini saqlab qolayotganida fojiali tarzda halok bo‘lganini afsus bilan ma’lum qiladi», — deyiladi vazirlik xabarida.

Yevgeniy Zinichev 1966 yil 18 avgustda tug‘ilgan. 1987−2015 yillarda davlat xavfsizlik organlarida ishlagan. 2016 yildan 2018 yilgacha u Federal xavfsizlik xizmati direktori o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. U 2018 yilda favqulodda vaziyatlar vaziri etib tayinlangan.