29 avgust, yakshanba kuni Kobulda AQSh Qurolli Kuchlarining raketa zarbasi natijasida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, ularning barchasi bir oilaning a’zolari bo‘lgani aytilmoqda. Bu haqda CNN ma’lumotlariga tayanib, TASS xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar orasida olti nafar bola bor, eng kichigi ikki yoshda.

Amerika kuchlari uchuvchisiz samolyot yordamida portlovchi moddalar o‘rnatilgan mashinani yo‘q qilgan, uning yordamida ISHID ekstremistik tashkilotining guruhi bo‘lgan Xurosondagi «Islom davlati» jangarilari terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan, deyiladi xabarda.

AQSh Mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, ular Kobulda katta miqdordagi portlovchi moddalar bo‘lgan, shuningdek Kobuldagi aeroportga ketayotgan bir nechta xudkushlar bo‘lgan mashinani yo‘q qilishgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh kuchlari hujumi natijasida ikkita mashina yo‘q qilingan va qisman qo‘p qavatli uyga zarar yetgan. Afghanistan Times nashri bundan avval 7 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi.