Afg‘onistonning Tojikistondagi elchisi Muhammad Zohir Agbar «Tolibon» tuzgan hukumatni «noqonuniy» deb atadi va jahon hamjamiyatini uni tan olmaslikka chaqirdi, deya xabar bermoqda RIA Novosti.

«Men „Tolibon“ bilan inson huquqlarini hurmat qilmaguncha va inklyuziv hukumat tuzmaguncha hamkorlik qilmayman», — dedi elchi jurnalistlarga. «Tolibon» rejimi asosida tuzilgan hukumat noqonuniydir va men jahon hamjamiyatini buni tan olmaslikka chaqiraman. Bu yaqinda Guantanomodagi (Kubaning Guantanamo prefekturasidagi harbiy bazada joylashgan AQSh qamoqxonasining eng maxfiy bo‘limi — tahr.) jinoyati uchun qamalgan terrorchilar hukumati", — deya tushuntirdi u.

Afg‘on diplomatining so‘zlariga ko‘ra, u Afg‘oniston vitse -prezidenti Amrulla Solihni Tojikistonda vakili bo‘ladi.

«Panjsherdagi qarshilik davom etadi va kuchayadi va men Amrulla Solihni bu yerda Afg‘oniston prezidenti sifatida taqdim etaman», — dedi u.

Unga ko‘ra, dunyoning turli mamlakatlaridagi Afg‘onistonning barcha 67 diplomatik idoralari «Tolibon» hukumatini tan olmayapti. U qarshilik kuchlari joylashgan Panjsher darasidagi vaziyatga ishora qilib, toliblar katta yo‘qotishlarga duch kelayotganini va daraning asosiy qismi qarshilik kuchlari nazoratida ekanligini aytdi.

Agbar «hozir mamlakatda urush faqat afg‘onlar o‘rtasida emas, Pokiston faol aralashib, Panjsherga hujum uyushtirayotganda» deya ta’kidladi.

Diplomat Al-Jazeera telekanalining qarshilik kuchlari safida Massud va sobiq mudofaa vaziri Muhammad Fahim o‘rtasidagi kelishmovchiliklar boshlangani haqidagi xabarlarni rad etdi. «Qarshilik safida kelishmovchiliklar yo‘q, hamma bitta mushtdek harakat qiladi, «Tolibon» rejimini qabul qilmagan Afg‘onistonning barcha millatlari, shu jumladan o‘zbeklar, hazoralar va pushtunlar ham qarshiliklar safiga qo‘shilishdi. Panjerda «Tolibon»ni tan olmagan barcha taniqli harbiy rahbarlar ishtirokida butun afg‘oniston yig‘ilishi va kengashi tashkil etiladi», — dedi Agbar.