«Tolibon» harakati Afg‘onistonning vaqtinchalik hukumati tarkibini e’lon qildi, deya xabar qildi RIA Novosti.

Quyidagilar asosiy vazifalarga «vazifasini bajaruvchi» qo‘shimchasi bilan tayinlandi:

  • bosh vazir v. b. — Hasan Oxund («Tolibon rahbariyati kengashi rahbari, 1996−2001 yillarda TIV rahbari);
  • bosh vazir o‘rinbosari v. b. — Abdul G‘ani Baradar (harakat siyosiy idorasi rahbari);
  • bosh vazirning ikkinchi o‘rinbosari v. b. — Abdul Salam Xanafiy (siyosiy idora rahbari o‘rinbosari);
  • mudofaa vaziri v. b. — Muhammad Yakub (toliblar yetakchisi o‘rinbosari);
  • ichki ishlar vaziri v. b. — Saradjuddin Haqqoniy («Haqqoniy tarmog‘i» rahbari);
  • razvedka rahbari v. b. — Abdul Haq Vasiq;
  • tashqi ishlar vaziri v. b. — Amir Xan Mutakiy (harakat rahbariyatining sobiq raisi);
  • iqtisodiyot vaziri v. b. — Muhammad Xanif;
  • moliya vaziri v. b. — Xedayatulla Badriy;
  • Afg‘oniston Markaziy banki rahbari v. b. — Muhammad Idris.

Xabarda hukumatning yangilangan tarkibi vaqtinchalik ekaniga urg‘u berilgan.

Eslatib o‘tamiz, qator davlatlar va BMT toliblar tomonidan shakllantirilgan hukumatni tan olishning asosiy sharti — uning inklyuzivligi bo‘lib, tarkibida mamlakatdagi turli xil etnik guruhlar vakillari kiritilishi lozim.

«Umuman olganda, xalqaro hamjamiyat birlashishi hamda yagona richag — «Tolibon»ning qonuniylikka erishish va tan olinishga bo‘lgan manfaatidan foydalanishi kerak», — degan edi BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish.