Jahon

Yevropada gaz narxi 3950 dollargacha ko‘tarildi
7 mart 2022, 16:20

Yevropada gaz narxi 3950 dollargacha ko‘tarildi

Londonning ICE birjasida aprel oyi uchun ming kubometr gazning fyuchers narxlari 3950 dollargacha ko‘tarildi. Bir soat ichida narxlar 1000 dollarga pastladi va ayni paytda 2900 dollar atrofida bo‘lib turibdi.

Ukrainada urush boshidan beri 364 nafar tinch aholining halok bo‘lgani tasdiqlandi — BMT
7 mart 2022, 16:12

Ukrainada urush boshidan beri 364 nafar tinch aholining halok bo‘lgani tasdiqlandi — BMT

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga harbiy hujumi boshlanganidan beri 364 nafar tinch aholi, shu jumladan 25 nafar bolaning halok bo‘lgani tasdiqlandi. So‘nggi kunlarda Xarkov, Vinnitsa va Nikolayev shaharlari hujum oqibatida zarar ko‘rdi.

Rossiyada chet elliklar uchun tibbiy xulosalarning amal qilish muddati 12 oygacha uzaytirildi
7 mart 2022, 13:20

Rossiyada chet elliklar uchun tibbiy xulosalarning amal qilish muddati 12 oygacha uzaytirildi

Rossiya chet ellik yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun tibbiy xulosalarning amal qilish muddati 3 oydan 12 oyga uzaytirdi. Bundan tashqari, 13 yoshga to‘lmagan chet elliklarni giyohvandlik va psixotrop moddalar iste’mol qilishini aniqlash bo‘yicha kimyo-toksikologik tekshiruvdan o‘tkazish talabi bekor qilindi.

10 kun ichida Ukrainani 1,5 mln qochqin tark etdi — BMT
7 mart 2022, 10:51

10 kun ichida Ukrainani 1,5 mln qochqin tark etdi — BMT

Rossiyaning Ukrainadagi 10 kunlik harbiy harakatlari davomida mamlakatni 1,5 mln qochqin tark etdi. BMTning Qochqinlar bo‘yicha oliy komissari bu ikkinchi Jahon urushidan beri Yevropada eng tez o‘sayotgan migratsiya inqirozi ekanligini ma’lum qildi.

Visa va Mastercard Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatmoqda
6 mart 2022, 12:06

Visa va Mastercard Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatmoqda

Visa va Mastercard xalqaro to‘lov tizimlari Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatishlarini e’lon qildi. Agar ushbu tizimlarning kartalari Rossiyada chiqarilgan bo‘lsa, ular faqatgina mamlakat hududida ishlaydi. Biroq boshqa mamlakatlarda va xorijiy onlayn do‘konlarda ishlamaydi. Shuningdek, Rossiyadan tashqaridagi banklar chiqargan kartalar ushbu mamlakatda qabul qilinmaydi.

«Aeroflot», S7 va Smartavia xalqaro aviareyslarni bekor qildi
5 mart 2022, 21:21

«Aeroflot», S7 va Smartavia xalqaro aviareyslarni bekor qildi

Rossiyaning «Aeroflot», S7 Airlines va Smartavia aviakompaniyalari xalqaro reyslar to‘xtatilganini ma’lum qildi. Ular bir vaqtning o‘zida O‘zbekistonnning bir qator shaharlariga parvozlarni amalga oshirar edi.

Rossiya Facebook va Twitter`ni bloklashni boshladi
5 mart 2022, 09:58

Rossiya Facebook va Twitter`ni bloklashni boshladi

Roskomnadzor «Rossiya OAVlari diskriminatsiyasi» tufayli Facebook ijtimoiy tarmog‘iga kirishni bloklashni boshladi. Twitter ham taqiq ostida qoldi.

Ukrainadagi harbiy harakatlarda inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganish uchun xalqaro komissiya tuzildi
4 mart 2022, 20:06

Ukrainadagi harbiy harakatlarda inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganish uchun xalqaro komissiya tuzildi

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi Ukrainadagi harbiy harakatlarda inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatni tekshirish uchun mustaqil xalqaro komissiya tuzishga qaror qildi. Ushbu qarorni 32 davlat yoqladi, Rossiya hamda Eritreya qarshi, 13 davlat esa betaraf bo‘lib ovoz berdi.

AQSh milliarder Alisher Usmonovga nisbatan sanksiyalarni istisno qildi
4 mart 2022, 18:41

AQSh milliarder Alisher Usmonovga nisbatan sanksiyalarni istisno qildi

AQShning Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) rossiyalik milliarder Alisher Usmonovga nisbatan sanksiyalarni istisno qildi. OFAC hujjatiga ko‘ra, sanksiyalar tadbirkor 50 foizdan ortiq aksiyalariga egalik qiladigan kompaniyalarga qo‘llanilamaydi. Ushbu istisno ilgari boshqa sabablarga ko‘ra cheklangan Alisher Usmonovga tegishli aktivlari yoki kompaniyalarning moliyaviy operatsiyalariga taalluqli emasligi aytildi.

Yadro qurollariga ega davlatlar — ro‘yxat, statistika
4 mart 2022, 18:00

Yadro qurollariga ega davlatlar — ro‘yxat, statistika

2022 yil mart holatiga ko‘ra, dunyoning 9 ta mamlakatida 12 700ga yaqin yadro qurollari mavjud. Ularning 90 foizi Rossiya va AQShga tegishli. Qaysi davlatda qancha yadroviy qurol bor, “yadro chamadonchasi” va tiyib turish kuchlari nima — bu haqda “Gazeta.uz” maqolasida.

Rossiya Qurolli kuchlari haqida soxta xabarlar tarqatganlik uchun qamoq jazosi belgilanmoqda
4 mart 2022, 16:40

Rossiya Qurolli kuchlari haqida soxta xabarlar tarqatganlik uchun qamoq jazosi belgilanmoqda

RF Davlat dumasi mamlakat Qurolli kuchlari harakatlari haqida soxta ma’lumotlarni tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilash to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. «Feyk» ma’lumotlarni tarqatganlar 15 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Bir vaqtning o‘zida Rossiyada mahalliy OAVlari yopilyapti, xorijiy yangiliklar nashrlari va ijtimoiy tarmoqlarga kirish imkoniyati kamayib bormoqda.

AQSh Alisher Usmonov va rossiyalik boshqa tadbirkorlarga qarshi sanksiyalar joriy qildi
4 mart 2022, 11:04

AQSh Alisher Usmonov va rossiyalik boshqa tadbirkorlarga qarshi sanksiyalar joriy qildi

Rossiyalik siyosatchilar, tadbirkorlar va ularning oila a’zolari Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlari munosabati bilan AQShning yangi sanksiyalari ro‘yxatidan joy oldi. Ular orasida milliarder Alisher Usmonov ham bor. Uning mulki, jumladan super yaxtasi va samolyotidan foydalanishga taqiq qo‘yildi.

Ukrainadagi Zaporojye atom elektr stansiyasi o‘qqa tutildi
4 mart 2022, 10:46

Ukrainadagi Zaporojye atom elektr stansiyasi o‘qqa tutildi

Yevropadagi eng yirik Zaporojye AESi hududi Rossiya qo‘shinlari tomonidan o‘qqa tutildi, atom elektr stansiyasi yaqinida yong‘in chiqdi. Stansiyaning asosiy jihozlariga zarar yetmagan. Ukraina prezidenti Yevropani “uyg‘onishga” chaqirdi. MAGATE mojaro tufayli yuzaga kelgan har qanday avariya jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.

Ukraina va Rossiya gumanitar yo‘laklar haqida kelishib oldi
4 mart 2022, 07:08

Ukraina va Rossiya gumanitar yo‘laklar haqida kelishib oldi

Muzokaralarning ikkinchi raundi natijasida Ukraina va Rossiya tinch aholini evakuatsiya qilish va jangovar maydonlarga dori-darmonlarni yetkazib berish uchun gumanitar yo‘laklarni tashkil etishga, shuningdek, «gumanitar koridor sektorida ehtimoliy vaqtinchalik o‘t ochishni to‘xtatishga» kelishib oldi.

Rossiyada faoliyatini to‘xtatgan yoki qisman cheklagan global kompaniyalar — ro‘yxat (yangilandi)
3 mart 2022, 18:29

Rossiyada faoliyatini to‘xtatgan yoki qisman cheklagan global kompaniyalar — ro‘yxat (yangilandi)

Apple, BMW, Lego, Ikea, Canon, FedEx kabi logistika, raqamli texnologiyalar, onlayn-do‘konlar, yetkazib berish xizmatlari va boshqa sohalarda faoliyat yurituvchi global kompaniyalar Ukrainadagi urush ortidan Rossiyada o‘z faoliyatini to‘xtatmoqda.

“Эхо Москвы” radiosi va sayti tugatilаdi
3 mart 2022, 17:13

“Эхо Москвы” radiosi va sayti tugatilаdi

“Эхо Москвы” direktorlar kengashi ko‘pchilik ovozi bilan radiokanal va sayt faoliyatini tugatishga qaror qildi. Bosh muharrir Aleksey Venediktov qaror uning ishtirokisiz qabul qilinganini aytdi.

Rossiya Ukrainadagi maxsus operatsiyada qurbon bo‘lganlar sonini ilk bor ochiqladi
3 mart 2022, 00:45

Rossiya Ukrainadagi maxsus operatsiyada qurbon bo‘lganlar sonini ilk bor ochiqladi

Rossiya Ukrainadagi maxsus operatsiya boshidan beri 498 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lganini va 1597 nafari jarohatlanganini ma’lum qildi. Shuningdek, Rossiya tomoni Ukrainaning yo‘qotishlari 2870 nafar odamdan ko‘proqligini ta’kidlamoqda. Ukraina rasmiylari boshqa raqamlarni taqdim qilishgan.

BMT Bosh Assambleyasi Rossiyaning Ukrainadagi harakatlarini qoralovchi rezolyutsiyani qabul qildi
2 mart 2022, 23:54

BMT Bosh Assambleyasi Rossiyaning Ukrainadagi harakatlarini qoralovchi rezolyutsiyani qabul qildi

BMT Bosh Assambleyasi «Ukrainaga qarshi tajovuz» rezolyutsiyasini qabul qilib, Rossiyadan o‘z qo‘shinlarini Ukraina hududidan zudlik bilan olib chiqib ketishni talab qildi. Uni 141 davlat yoqlab, 5 davlat qarshi, 35 davlat betaraf ovoz berdi. Rezolyutsiyada, shuningdek, «Belarus ishtirokidan» afsus bildirilgan.

USM: Alisher Usmonovga qarshi sanksiyalar xolding kompaniyalariga dahl qilmaydi
2 mart 2022, 19:07

USM: Alisher Usmonovga qarshi sanksiyalar xolding kompaniyalariga dahl qilmaydi

Yevroittifoqning rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovga nisbatan joriy etgan sanksiyalari USM xoldingi aktivlariga dahl qilmaydi, deya ma’lumot berdi kompaniya.

Nobel mukofoti sovrindorlari Rossiya hukumatini qo‘shinlarini Ukrainadan olib chiqib ketishga chaqirdi
2 mart 2022, 17:25

Nobel mukofoti sovrindorlari Rossiya hukumatini qo‘shinlarini Ukrainadan olib chiqib ketishga chaqirdi

163 nafar Nobel mukofoti sovrindorlari Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlariga qarshi ochiq xat bilan chiqishdi. Ular Rossiyaning xatti-harakatlarini mustaqil Ukraina davlati va Ukraina xalqiga «prezident Putin boshchiligidagi asossiz harbiy tajovuz», deb baholagan. Rossiya tomonidan Ukraina hududiga bostirib kirilishi BMT Nizomini qo‘pol ravishda buzish va 1994 yilgi Budapesht memorandumiga nisbatan bepisandlik ekanligi qayd etilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting