Rossiya Ukrainaga bostirib kirishi oqibatida ko‘plab global kompaniyalar Rossiyada o‘z faoliyatini to‘xtatishini birin-ketin e’lon qilishni boshlashdi. Ushbu kompaniyalar logistika, kino, raqamli texnologiyalar, kiyim-kechak, onlayn-do‘konlar va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat olib borishadi. Ijtimoiy tarmoqlarda yuzga yaqin kompaniyalar cheklov o‘rnatgani haqida xabarlar tarqaldi, ammo ularning hammasi ham hozircha tasdiqlanmagan.

«Gazeta.uz» Rossiya bozorini tark etgan yoki o‘z xizmatlarini ma’lum ko‘rinishda cheklagan kompaniyalar ro‘yxatini tayyorladi.


Raqamli texnologiyalar

  • Apple kompaniyasi Rossiyada o‘z mahsulotlarini sotishni to‘xtatganini xabar qildi. Bundan tashqari, AQSh kompaniyasi RT va Sputnik news ilovalarini Rossiya Federatsiyasidan tashqarida yuklashni, shuningdek Apple Pay to‘lov tizimidan foydalanishni chekladi.
  • Finlandiyaning Nokia kompaniyasi sanksiyalar tufayli Rossiyaga o‘z mahsulotlarini yetkazib bermaydi.
  • Dell elektronika ishlab chiqaruvchisi Rossiyada va Ukrainada o‘z mahsulotlarini sotishni to‘xtatdi.
  • Telekom uskunalari yetkazib beruvchisi Ericsson Rossiya Federatsiyasida mijozlarga yetkazib berishni to‘xtatdi.
  • Intel va AMD protsessorlari ishlab chiqaruvchilari o‘z mahsulotlarini Rossiyaga yetkazib berishni to‘xtatdilar.
  • Tayvanning TSMC yarim o‘tkazgich ishlab chiqaruvchisi o‘z mahsulotlarini Rossiyaga yetkazib bermasligi ma’lum bo‘ldi.
  • Canon texnikasining onlayn-do‘koni rublning keskin o‘zgarishi sababli vaqtincha ishlamayotganligini ma’lum qildi.
  • Cisco biznes operatsiyalarini to‘xtatdi.
  • Microsoft yangi sotuvlarni to‘xtatdi.
  • Panasonic savdo operatsiyalarini to‘xtatdi.
  • SAP va Oracle Rossiyada o‘z faoliyatini to‘xtatdi.
  • Siemens o‘z mahsulotlarini yetkazib berishni to‘xtatdi
  • Nvidia o‘z mahsulotlarini yetkazib berishni to‘xtatdi.
  • HP mahsulot savdosini to‘xtatdi.

Neft-gaz kompaniyalari, energetika va sanoat

  • BP, Shell, Equinor o‘zining rossiyalik sheriklari bilan aloqalarni uzdi.
  • TotalEnergies Rossiya loyihalariga sarmoya kiritishni to‘xtatdi.
  • Exxon Mobil «Saxalin-1» loyihasidan chiqib, barcha mutaxassislarini olib ketishini va Rossiyaga sarmoya kiritishni to‘xtatishini ma’lum qildi.
  • Fortum energiya kompaniyasi Rossiyada yangi investitsiya loyihalarini to‘xtatdi va issiqlik generatsiyasidagi o‘zining ishtirokini kamaytirishda davom etadi.
  • Kanadaning Kinross Gold oltin qazib olish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyasi o‘z faoliyatini to‘xtatdi.
  • Komatsu va Hitachi Construction mahsulot yetkazib berishni to‘xtatdi.

Moliyaviy kompaniyalar va kriptobirjalar

  • Visa va Mastercard Rossiyada yangi kartalarni chiqarishni va o‘z faoliyatini to‘xtatdi.
  • American Express Rossiya va Belarusdagi sheriklari bilan hamkorlikni to‘xtatdi.
  • BTC-Alpha kriptobirjasi Rossiya fuqarolari uchun xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi.
  • QMall rossiyaliklarni hisob raqamlarini bloklab qo‘ydi.
  • Kuna rubl bilan ishlashni to‘xtatdi.
  • CEX IO rossiyalik yangi foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni to‘xtatdi.
  • FTX, Kraken, Binance tegishli sanksiyalar qo‘llanilmaguncha rossiyaliklarning kripto hamyonlarini muzlatib qo‘ymaydi. Ammo, Rossiyaning sanksiya qo‘llangan banklarining kartalari orqali to‘lash taqiqlandi.
  • Coinbase sanksiyaga tushgan Rossiya fuqarolari va kompaniyalarining hisoblarini bloklaydi, ammo hozircha barcha rossiyaliklarning hisoblarini blokirovka qilish choralarini ko‘rmaydi.
  • Apple Pay va Google Pay sanksiya qo‘llangan banklarning kartalarini qabul qilishni to‘xtatdi.
  • SWIFT — 12 martdan boshlab sanksiya qo‘llangan banklar bilan ishlashni to‘xtatdi.
  • PayPal Rossiyada o‘z faoliyatini tugatib, «ma’lum vaqt davomida» pul yechib olishga imkon beradi.
  • Samsung Pay — sanksiya qo‘llangan banklarda blok qilindi.
  • Western Union — sanksiya qo‘llangan banklar bilan ishlashni to‘xtatdi.
  • Yaponiyaning JCB to‘lov tizimi Rossiya hududida o‘z operatsiyalarini vaqtincha to‘xtatdi.

TV va kino.

  • The Walt Disney Company Rossiyada badiiy filmlarni namoyish etishni to‘xtatishi haqida xabar berdi. Media konglomeratining tarkibiga Lucasfilm, Marvel, Pixar, Maker Studios, TouchStone va boshqalar kiradi.
  • Warner Bros film namoyishlarini to‘xtatdi — «Betmen»ning yangi qismi namoyishi Rossiyadagi premeradan bir kun oldin bekor qilindi.
  • Sony ham Rossiya hududida o‘z filmlarini namoyish qilishni to‘xtatdi.
  • Netflix rus kinokompaniyalari bilan hamkorlikda filmlar va seriallar ustida ishlashni to‘xtatdi. Bundan tashqari, kompaniya Rossiya federal kanallarini efirga berishdan bosh tortdi.
  • Paramount rus kinoteatrlarida «Yo‘qolgan shahar» va «Sonic 2» namoyishini taqiqladi.
  • Universal o‘zining «Belfast», «Yomon yigitlar» va «Tez yordam» filmlarini Rossiyadagi namoyishini to‘xtatdi.
  • BBC Studios Rossiya hamkorlari uchun kontentni litsenziyalashni to‘xtatadi. Britaniya telekanali «Doctor Who» va «Lyuter"kabi teledasturlarni tarqatish bilan shug‘ullanar edi.
  • TV, kino- va raqamli kompaniya All3Media Rossiyada TV sohasidagi mijozlari bilan muzokaralarni to‘xtatdi.
  • ITV Studios telekanali o‘zining Rossiyadagi mijozlariga yangi litsenziyalarni sotishni to‘xtatganini xabar qildi.
  • Megogo video servisi ham Rossiyada o‘z faoliyatini to‘xtatadi.

Kiyim-kechak va boshqa mahsulotlar

  • Nike hozirda Rossiyadagi mijozlariga mahsulotlarini yetkazib berishni kafolatlay olmasligini ma’lum qildi.
  • Shvetsiyaning H&M (Hennes & Mauritz) kompaniyasi Rossiyada sotuvlarni to‘xtatdi.
  • Buyuk Britaniyaning ASOS onlayn do‘koni Rossiyaga yetkazib berishni to‘xtatdi.
  • Mr Porter, Yoox va Net-A-Porter onlayn-do‘konlarini birlashtiruvchi Yoox va Net-A-Porter guruhi ham mamlakatga yetkazib berishni to‘xtatdi.
  • FarFetch Limited kompaniyasi Rossiyada sotuvlarni to‘xtatdi.
  • Adidas Rossiya futbol ittifoqi bilan shartnomani to‘xtatdi.
  • Burberry onlayn magazini yetkazib berishni to‘xtatdi.
  • Carlsberg Rossiyaga eksport va investitsiya kiritishni to‘xtatdi.
  • Diageo yetkazib berishni to‘xtatdi.
  • Farfetch yetkazib berishni to‘xtatdi.
  • IKEA Rossiyadagi do‘konlarini yopib, mamlakatdagi o‘z faoliyatini to‘xtatdi.
  • Jysk Rossiya hududida o‘z faoliyatini to‘xtatdi.
  • Lego kompaniyasi o‘zining Rossiyadagi 81 ta do‘koniga mahsulot yetkazib berishni to‘xtatdi.
  • Mango sotuvni to‘xtatdi.
  • Marks & Spencer mahsulot yetkazib berishni to‘xtatdi.
  • Mytheresa mahsulot yetkazib berishni to‘xtatdi.
  • Pernod Ricard mahsulot yetkazib berishni to‘xtatdi.
  • Plzensky Prazdroj, Staropramen, Budejovicky Budvar mahsulot yetkazib berishni to‘xtatdi.
  • Swarovski onlayn magazini yopildi.
  • Yoox mijozlar buyurtmalarini qabul qilmayapti.
  • Puma sotuvni vaqtincha to‘xtatdi.
  • Inditex (Bershka, Zara, Pull and Bear, Stradivarius, Oysho) o‘z faoliyatini to‘xtatdi.
  • Fazer o‘z faoliyatini to‘xtatdi.
  • LVMH (Moët & Chandon, Dior, Louis Vuitton) Rossiyadagi o‘x biznesini to‘xtatdi.
  • Kering (Gucci, Saint Laurent, Balenciaga, Alexander McQueen) o‘z do‘konlarini yopdi.
  • Hermès, Cartier, Chanel o‘z do‘konlari faoliyatini to‘xtatdi.
  • Valio va Paulig Rossiya bozorini tark etishmoqda.
  • Danone investitsiya loyihalarini to‘xtatdi.
  • Levi Strauss&Co faoliyatini to‘xtatdi.
  • Procter & Gamble (Pampers, Always, Tampax, Braun, Gillette, Pantene, Head & Shoulders, Old Spice, Tide, Ariel, Fairy va boshqalar) Rossiya bozoridagi o‘z ishtirokini kamaytiradi.
  • Starbucks RF hududiga mahsulot yetkazib berishni va o‘z kafelarining faoliyatini to‘xtatadi.
  • The Coca-Cola Company (Coca-Cola, Fanta, Sprite, «Dobrыy», «Moya semya», Bonaqua) vaqtincha mahsulot yetkazib berishni to‘xtatadi.
  • PepsiCo (Pepsi, 7Up, Mirinda va b.) o‘zining barcha mahsulotlari savdosini vaqtincha to‘xtatadi.
  • McDonald’s Rossiyadagi barcha restoranlarini vaqtincha yopadi.
  • Yum! Brands (KFC va Pizza Hut) Rossiyaga investitsiya qilishni to‘xtatadi.
  • L’Oreal Groupe (Garnier, Maybelline New York, Lancome, Vichy) kosmetika ishlab chiqaruvchisi o‘z do‘konlarining faoliyatini vaqtincha to‘xtatadi.
  • iHerb vitaminlar onlayn-do‘koni rossiyalik mijozlar uchun xaridlarni chekladi.

Avtomobilsozlik va mototsikllar

  • Ford Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatdi.
  • Mototsikl ishlab chiqaruvchi Harley-Davidson Rossiyaga mahsulot yetkazib berishni to‘xtatdi.
  • General Motors Rossiyaga eksportni to‘xtatdi.
  • BMW Rossiyaga o‘z mahsulotlarini yuborishni va Kaliningrad shahridagi mahalliy ishlab chiqarishni to‘xtatdi.
  • Volkswagen avtokonserni ruslarning dilerlik markazlariga avtomobillarni (Volkswagen, Skoda, Audi, Lamborghini, Bentley va Ducati) yetkazib berishni to‘xtatdi.
  • Mercedes-Benz Rossiyaga eksportni to‘xtatdi.
  • Daimler Truck konserni Rossiya «KAMAZ"i bilan hamkorlikni muzlatib qo‘ydi.
  • Jaguar Land Rover yangi avtomobillarni olib kirishni to‘xtatdi.
  • Volvo rus bozoriga o‘z mahsulotini olib kirishni vaqtincha to‘xtatdi.
  • Chexiyaning Skoda avtokompaniyasi Ukrainadagi vaziyat tufayli ishlab chiqarish hajmini kamaytirishga to‘g‘ri kelishini bildirdi.
  • Honda rus avtobozoriga eksportni to‘xtatdi.
  • Mazda rus avtobozoriga eksportni to‘xtatdi.
  • Toyota va Lexus ham Rossiyaga eksportni chekladi. Toyota`ning Sankt-Piterburgdagi zavodining faoliyati to‘xtatildi.
  • Hyundai Rossiyadagi avtozavodida ishlab chiqarishni bir haftaga to‘xtatdi.
  • Chery va Exeed avtomobillarining sotuvi to‘xtatildi.
  • Rolls-Royce yetkazib berishni to‘xtatdi.
  • Porsche yetkazib berishni to‘xtatdi.

Aviatsiya sohasi

  • Boeing rus aviakompaniyalariga ehtiyot qismlar yetkazib berish va texnik xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi.
  • Airbus Rossiyada muhandislik maydonchasi va ehtiyot qismlarni yetkazib berishni to‘xtatadi.
  • Irlandiyaning AerCap lizing kompaniyasi sanksiyalar sabab Rossiya aviakompaniyalari bilan hamkorlikni to‘xtatishni e’lon qildi.

Yuk va jo‘natmalarni yetkazib berish sohasi

  • Dengizda yuk tashishga ixtisoslashgan Daniyaning Maersk kompaniyasi Rossiyaga yuk tashishni to‘xtatdi.
  • Asosan dengiz transporti bilan shug‘ullanuvchi fransuz CMA CGM transport kompaniyasi boshlangan harbiy harakat sabab Odessa va Novorossiysk tomon xarakatlanuvchi kemalarini to‘xtatdi.
  • Ocean Network Express Rossiyaga konteyner bukingi xizmatini taqdim qilishni to‘xtatdi.
  • DHL yuk va hujjatlarni tezkor yetkazib berish kompaniyasi Rossiyaga yuk tashishni to‘xtatdi.
  • AQShning FedEx va UPS logistika kompaniyalari Rossiyaga yuk tashishni to‘xtatishdi.
  • Mediterranean Shipping Company jo‘natmalarnitashish bo‘yicha arizalarni bekor qilmoqda.

Boshqalar

  • Rockstar Games (GTA, RDR) o‘yinlar savdosini to‘xtatdi.
  • Spotify o‘zining Rossiyadagi ofisini noma’lum muddatga yopdi.
  • Epic Games (Fortnite, Unreal va Battle Breakers) tijoriy munosabatlarni bekor qildi, ammo o‘yinlarning savdosini to‘xtatmaydi.
  • Rossiyalik foydalanuvchilar uchun Playstation va Steam platformalarining mahsulotlarini sotib olish imkoniyati cheklandi.
  • CD Projekt RED (Cyberpunk 2077 va «Vedmak») o‘yinlar savdosini to‘xtatdi.
  • Activision Blizzard (World of Warcraft, Call of Duty, Diablo) o‘yinlar savdosini to‘xtatdi
  • Tik-Tok strim o‘tkazish va yangi videolar yuklashni taqiqladi.
  • Snapchat Rossiya va Belarus kompaniyalari uchun reklama sotishni to‘xtatdi.
  • Twitch rossiyalik strimerlarga pul to‘lashni to‘xtatdi.
  • Coursera Rossiyalik foydalanuvchilar uchun cheklovlar o‘rnatdi.
  • Ubisoft (Assassin's Creed va Far Cry) mahsulotlarini sotuvlarini to‘xtatdi.
  • Adobe (Photoshop, Premiere, Illustrator va Lightroom) yangi mahsulot va xizmatlarni sotishni to‘xtatdi.
  • Grammarly Rossiyada faoliyatini to‘xtatdi.