BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi xabar berishicha, Rossiya Ukrainaga hujum boshlagan 24 fevral sanasidan 5 martga qadar 364 nafar tinch aholining, shu jumladan, 25 nafar bolaning o‘limi hamda 759 nafar fuqaroning jarohatlangani tasdiqlandi.

«Qurbonlarning aksariyati katta maydonga zarar yetkazuvchi portlovchi qurollardan, shu jumladan, og‘ir artilleriya va reaktiv ko‘p zaryadli raketalar, aviatsiya-raketalaridan o‘qqa tutilishi oqibatida kelib chiqqan» — deyiladi BMT boshqarmasi xabarida.

Shunga qaramasdan hisobotda ta’kidlanishicha, aslida haqiqiy raqamlar ko‘proq ham bo‘lishi mumkin, chunki faol janglar olib borilayotgan hududlardan olingan ma’lumotlar kechikish bilan yetib keladi, qolaversa, ko‘plab ma’lumotlar hanuz tasdiqlanishini kutmoqda.

Ayni vaqtda Ukrainada fuqarolik infratuzilma obyektlariga hujumlar davom etmoqda.

Xarkov

Xarkovning Shimoliy Saltov tumaniga 5 mart kuni qilingan aviahujumlar oqibatida 10 ko‘p qavatli uylarga zarar yetdi, jumladan, ularning yuqori qavatidagi xonadonlar yonib ketdi, deb xabar berdi Ukraina Davlat favqulodda vaziyatlar xizmati. 6 mart kuni kechasi Yangi Saltov bozori snaryad yordamida vayron qilingan.

Yangi Saltov bozori. Foto: instagram.com/fomenko_ph.

Yakshanba kuni kechasi Xarkov havodan bombardimon qilindi. Buning oqibatida ko‘p qavatli turar-joylar, ma’muriy binolar, tibbiyot va ta’lim muassasalari hamda yotoqxonalar to‘liq yoki qisman vayron bo‘ldi, deb xabar berdi DFVX.

Qutqaruvchilarning ma’lumotiga ko‘ra, hodisa oqibatida shaharning markaziy qismidagi 21 ta binoda, shu jumladan turar-joy binolari, Xarkov musiqa kolleji, talabalar yotoqxonalari va tibbiyot muassasasida keng ko‘lamli yong‘inlar sodir bo‘lgan.

Ëng‘inlarni bartaraf etish va vayrongarchiliklar orasidan 200 kishi qutqarib olingan va evakuatsiya qilingan. O‘t o‘chiruvchilar 8 kishini bino bosib qolganini aniqlashgan. Halok bo‘lganlar va yaralanganlar haqidagi yakuniy ma’lumotlarga aniqlik kiritilmoqda.

Vinnitsa

6 mart kuni Vinnitsadagi tumanda raketa hujumlari natijasida yoqilg‘i-moylash materiallari omborida raketa hujumlari natijasida yong‘in chiqdi, ma’muriy bino qisman vayron bo‘ldi, deb ma’lum qilishda qutqaruvchilar.

Aviahujum Vinnitsa aerodromida ham kuzatildi. Vinnitsa viloyati davlat ma’muriyati rahbari Sergey Borzovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu aerodrom harbiylar va fuqarolar foydalanishidagi obyekt bo‘lgan.

Vinnitsa aerodromi. Foto: fb.com/borzov.s.s

«Uchish-qo‘nish yo‘lagi ko‘pdan beri rekonstruksiya qilinayotganligi sababli aerodromda aviatsiya texnikalari bo‘lmagan», — deya Ukraina Qurolli kuchlari havo kuchlari qo‘mondonligi vakili Yuriy Ignatning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Vinnitsa viloyati rahbari.

Aerodromga qilingan aviahujumlar oqibatida taxminan 10 nafar harbiy va aholi halok bo‘lgan, deb aniqlik kiritdi Sergey Borzov.

Nikolayev

7 mart kuni ertalab Nikolayev shahridagi turar-joy binolari «Smerch» ko‘p zaryadli raketa tizimlaridan o‘qqa tutildi, deb xabar qildi DFVX. Natijada turar-joy hududida va sanoat obyektlarida beshta yong‘in sodir bo‘ldi («Zorya» — «Mashproyekt» gaz turbinasi qurilishi ilmiy — ishlab chiqarish majmuasi). Vayrongarchiliklar va jabrlangan to‘g‘risidagi ma’lumot aniqlashtirilmoqda.

Nikolayevdagi turar-joy binosi. Foto: DFVX.

Kramatorsk

6 mart kuni Kramatorskda otishma oqibatida snaryad 9 qavatli turar-joy binosining 4 va 5-qavatlari orasida kelib tushdi, deb xabar berdi qutqaruvchilar. Taxminiy ma’lumotlarga ko‘ra, buning oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 5 kishi esa jarohatlandi.

Rossiya Mudofaa vazirligi bayonoti

Rossiya Mudofaa vazirligi 6 mart kuni «yuqori aniqlikdagi uzoq masofaga uchuvchi qurollar bilan Vinnikadagi Ukraina harbiy-havo kuchlarining aerodromi yo‘q qilinganini» tasdiqladi.

«Kiyev rejimining deyarli barcha jangovar samolyotlari yo‘q qilindi. Shu bilan birga, biz avvalroq Ruminiya va boshqa chegaradosh mamlakatlarga uchib ketgan Ukraina jangovar samolyotlari haqida ishonchli ma’lumotlarga egamiz», — deyiladi xabarda.

«Rossiyaning yuqori aniqlikdagi uzoq masofali vositalari bilan Ukrainaning harbiy texnika va qurollari safdan chiqarilmoqda… Ukrainani demilitarizatsiya qilish vazifasini bajarish doirasida Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina mudofaa va sanoat korxonalarini yuqori aniqlikdagi qurollar bilan zararsizlantiradi», — deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.

«Maxsus harbiy operatsiya davomida AQSh Mudofaa vazirligi tomonidan moliyalashtiriladigan Ukrainada amalga oshirilayotgan harbiy-biologik dasturning Kiyev rejimi tomonidan shoshilinch tozalash holatlari bo‘yicha dalillar aniqlandi. Biz Ukraina biologik laboratoriyalari xodimlaridan 24 fevral kuni vabo, kuydirgi, tulyaremiya, xolera va boshqa o‘limga olib keluvchi kasalliklarning xavfli potogenlarini favqulodda yo‘q qilish to‘g‘risidagi hujjatlarni oldik», — deyiladi xabarda.

«Gazeta.uz» jurnalistika standartlari rioya qiladi hamda rasmiy va tasdiqlangan axborot foydalanadi. Harbiy harakatlar sharoitida har doim ham mojaroning turli tomonlari tarqatayotgan ma’lumotlarni tezkorlik bilan tekshirishning imkoni bo‘lmaydi.