«Aeroflot» kompaniyasi 8 martdan boshlab Minskdan tashqari qolgan barcha xalqaro reyslarni yopmoqda. Kompaniya matbuot xizmati buni «parvozlarning bajarilishiga to‘sqinlik qiluvchi qo‘shimcha holatlar paydo bo‘lgani» bilan izohladi.

Xalqaro tashuvlarni bekor qilinishi «Rossiya» va «Avrora» aviakompaniyalari reyslariga ham tegishli.

«Aeroflot mamlakat janubidagi shaharlarga parvozlar uchun oldin belgilangan cheklovlardan tashqari, Rossiyada ichidagi barcha yo‘nalishlar tarmog‘i bo‘ylab barcha parvozlarni amalga oshirishda davom etadi. Shuningdek, Minsk o‘rtasidagi parvozlar davom etadi», — deyiladi xabarda.

«Aeroflot» 6 martdan (Moskva vaqti bilan soat 00:00 dan) boshlab agar orqaga qaytish muddati 8 mart sanasidan keyinga mo‘ljallangan parvoz bo‘lsa, unda ikkitomonlama chiptaga ega xalqaro reyslar uchun yo‘lovchilarni qabul qilishni to‘xtatadi. Kompaniya faqat bir tomonlama chiptaga ega bo‘lganlarni 8 mart sanasigacha qabul qiladi.

Bekor qilingan xalqaro reyslarning yo‘lovchilari chipta narxini to‘liq qaytarib olishlari mumkin. Kompaniya ikkitomonga chipta xarid qilgan xorijlik yo‘lovchilar ularni qayta rasmiylashtirishi mumkin.

«Parvozlar bekor qilingan vaqtda xorijda qolib ketgan yo‘lovchilar uchun aviakompaniya Rossiyaga qaytishini tashkil qilish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiradi», — deyiladi xabarda.

Rossiyaning yana bir kompaniyasi S7 Airlines 5 martdan boshlab xalqaro yo‘nalishlardagi barcha reyslari to‘xtatilganini ma’lum qildi.

«S7 Airlines 5 martdan xalqaro yo‘nalishlardagi barcha qatnovlarni bekor qilishga majbur bo‘ldi. Qoldirilgan reyslar yo‘lovchilari aviakompaniyadan bildirishnoma oladi, bizning mutaxassislarimiz ular bilan S7 kompaniyasining filiallarida ish olib boradi», — deya qayd etilgan press-relizda.

Smartavia aviakompaniyasi xalqaro aviaqatnovlarni 19 martga qadar bekor qildi.

«Aeroflot» O‘zbekistonning ikkita shahri — Toshkent va Samarqandga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovlarni amalga oshirardi. S7 Airlines Buxoro, Qarshi, Navoiy, Namangan, Samarqand, Toshkent, Urganch va Farg‘onaga parvozlarni yo‘lga qo‘ygandi.

Smartavia esa O‘zbekistonga qo‘yilgan quyidagi reyslarni bekor qildi: Sankt-Peterburg — Namangan — Sankt-Peterburg; Sankt-Peterburg — Buxoro — Sankt-Peterburg; Moskva — Farg‘ona — Moskva.