Yevropa Ittifoqining rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovga nisbatan joriy etgan sanksiyalari «Metalloinvest» va USM xoldingining boshqa kompaniyalariga ta’sir ko‘rsatmaydi, deyiladi xoldingning The Bell tomonidan e’lon qilingan bayonotida.

«USM asoschisiga qarshi sanksiyalarni asossiz va adolatsiz deb hisoblaymiz. Ta’kidlaymizki, gap shaxsiy sanksiyalar haqida ketmoqda va ular USM guruhi korxonalariga ta’sir ko‘rsatmaydi. Alisher Usmonov YueSeM xoldingi bosh kompaniyasi ustavkapitalining 50 foiziga egalik qiladi va guruh korxonalarininaxorat qilmaydi», — deyiladi xabarda.

Shunday qilib, Alisher Usmonovning Yevropa Ittifoqi sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilishi tegishli sanksiyalarning xolding kompaniyalariga ta’sirini kengaytirmaydi, deya ta’kidladi USM.

RBK avvalroq YeIning rossiyalik tadbirkorlarga nisbatan sanksiyalari nimani anglatishini tushuntirib berdi. Umuman olganda, ittifoqning cheklovchi choralari Yevropa kompaniyalari va banklariga sanksiya ostidagi shaxs va unga tegishli biznes bilan har qanday iqtisodiy faoliyatni taqiqlaydi. Biroq Yevroittifoq ro‘yxatga faqat tadbirkorlarni kiritgan, ular bilan bog‘liq kompaniyalarni emas.

28 fevral kuni YeI Rossiyaning Ukrainaga harbiy bostirib kirishi ortidan sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirdi. Cheklov choralari Alisher Usmonovdan tashqari yana 25 kishiga ham taalluqli.

Dushanba kuni tadbirkor Yevropa Ittifoqi sanksiyalari tufayli Xalqaro qilichbozlik federatsiyasiga rahbarlikni «adolat tiklanmaguncha» to‘xtatib turishga qaror qildi. YeI hujjatida uning Qrim anneksiyasi vaUkrainadagi beqarorlik uchun mas’ul bo‘lgan Rossiya rasmiylarini qo‘llab-quvvatlagani aytildi. Tadbirkor o‘z sha’ni vaobro‘sini himoya qilishini bildirdi.

Alisher Usmonov (sof boyligi- 15,3 mlrd dollar) USM holdingning asoschisi vaasosiy aksiyadori (49%) hisoblanadi. USM «Metalloinvest» va"Megafon" kompaniyalariga egalik qiladi. 2021 yil dekabr oyida holding «MFTexnologii» (VK, sobiq Mail.ru Group) kompaniyasidagi 57 foizlik ulushini «Gazprom» bilan bog‘liq SOGAZ kompaniyalar guruhiгасотди.

Alisher Usmonov Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi қурилишинимолиялаштирмоқда, shuningdek, O‘zbekiston madaniy merosini saqlab qolish, shujumladan, Toshkentda modernizm me’morchiligini qayta tiklash bo‘yicha лойиҳаларниqo‘llab-quvvatlamoqda. Ubilan aloqador bo‘lgan Rossiya kompaniyalari yaqinda «Kapitalbank» va"Ohangaronsement" aksiyalarini qo‘lga kiritgan edi.