Jahon

Moskvadagi terakt qurbonlari soni 93 kishiga yetdi, gumonlanuvchilar qo‘lga olindi
23 mart 2024, 13:43

Moskvadagi terakt qurbonlari soni 93 kishiga yetdi, gumonlanuvchilar qo‘lga olindi

Rossiya Tergov qo‘mitasi “Krokus Siti Holl”ga uyushtirilgan hujumda ishtirok etgan 4 kishi hibsga olingani, shuningdek, terakt qurbonlari soni 93 kishiga yetganini ma’lum qildi. “O‘lganlar soni yana ortishi mumkin”, — deyiladi xabarda.

IShID-K Moskvadagi terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi, AQSh buni tasdiqlaydi — NYT
23 mart 2024, 05:10

IShID-K Moskvadagi terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi, AQSh buni tasdiqlaydi — NYT

IShID-Xuroson (IShID-K) Moskva yaqinidagi terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi, deb yozmoqda The New York Times. Bu ma’lumotni AQSh razvedka xizmatlari tasdiqladi. Ular Rossiyani mart oyi boshida ehtimoliy hujum haqida ogohlantirgan, bir necha kun oldin esa Vladimir Putin buni “shantaj” deb atagandi.

Moskvadagi konsert zalida terakt sodir etildi, o‘nlab odamlar halok bo‘ldi
23 mart 2024, 00:29

Moskvadagi konsert zalida terakt sodir etildi, o‘nlab odamlar halok bo‘ldi

Moskvadagi “Krokus siti holl” konsert zalida qurollangan shaxslar odamlarga qarata o‘t ochdi, kamida 40 kishi halok bo‘lgani, 100 dan ortiq kishi jarohatlangani xabar qilindi. Shuningdek, binoda bir necha portlash va yong‘in sodir bo‘ldi.

Nazarboyevning jiyani Samat Abish yanvardagi namoyishlar bo‘yicha shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
20 mart 2024, 15:03

Nazarboyevning jiyani Samat Abish yanvardagi namoyishlar bo‘yicha shartli qamoq jazosiga hukm qilindi

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi rahbarining sobiq birinchi o‘rinbosari, sobiq prezident Nazarboyevning jiyani Samat Abish 2022-yil yanvaridagi namoyishlar bo‘yicha sakkiz yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi. Sud uning bolalari borligi va pushanmonligini yengillashtiruvchi holatlar sifatida tan oldi.

AQShda asbestdan foydalanish taqiqlandi
20 mart 2024, 02:05

AQShda asbestdan foydalanish taqiqlandi

AQSh hukumati saraton kasalligini keltirib chiqaruvchi asbest mineralidan foydalanish to‘liq taqiqlanishini e’lon qildi. Har yili mamlakatda 40 mingga yaqin odam asbest bilan bog‘liq kasalliklardan vafot etadi.

G‘azo shimolida ocharchilik muqarrar — BMT
19 mart 2024, 18:13

G‘azo shimolida ocharchilik muqarrar — BMT

BMT G‘azo sektorining shimoliy hududlarida yaqin ikki oy ichida ommaviy ocharchilik boshlanishini bashorat qilmoqda. BMT rahbari buni “mutlaq texnogen falokat” deb atadi va Isroil hukumatini anklav aholisiga insonparvarlik yordamidan to‘liq foydalanish imkoniyatini berishga chaqirdi.

Qozog‘iston benzin va dizel eksportiga qo‘yilgan taqiqni yana olti oyga uzaytiradi
19 mart 2024, 18:09

Qozog‘iston benzin va dizel eksportiga qo‘yilgan taqiqni yana olti oyga uzaytiradi

Qozog‘istonda neft mahsulotlarini avtomobil transportida olib chiqishga qo‘yilgan taqiq yana olti oyga uzaytiriladi. So‘nggi cheklov 2022-yil iyul oyida joriy qilingandi.

Rossiyada prezident saylovi qanday o‘tdi?
18 mart 2024, 17:33

Rossiyada prezident saylovi qanday o‘tdi?

Rossiyada 3 kunlik prezident saylovi yakunlandi. Vladimir Putin unda beshinchi bor g‘alaba qozonmoqda. Ovoz berishning ilk kunlarida saylov uchastkalarida vandalizm holatlari qayd etilgan bo‘lsa, oxirgi kuni Rossiya va xorijda “Putinga qarshi peshin” aksiyasi bo‘lib o‘tdi. “Gazeta.uz”da saylovning qisqacha sharhi.

Turkmaniston qardosh mamlakatlarga energoresurslar yetkazib berishga tayyor — Gurbanguli Berdimuhamedov
18 mart 2024, 16:50

Turkmaniston qardosh mamlakatlarga energoresurslar yetkazib berishga tayyor — Gurbanguli Berdimuhamedov

Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov energiya resurslarining eng yirik ishlab chiqaruvchilaridan biri sifatida Turkmaniston ularni qardosh mamlakatlarga yetkazib berishga va yetkazib berish hajmini oshirishga tayyor ekanini ta’kidladi.

Qozog‘iston o‘zining dunyoviy maqomini har tomonlama mustahkamlashi kerak — Qosim-Jomart Toqayev
16 mart 2024, 00:22

Qozog‘iston o‘zining dunyoviy maqomini har tomonlama mustahkamlashi kerak — Qosim-Jomart Toqayev

Qozog‘iston dunyoviy maqomini mustahkamlashi kerak, lekin u G‘arb tendensiyalariga ergashmaydi, dedi prezident Toqayev. U tarixiy obidalarni himoya qilishni kuchaytirishni buyurdi, “sovet davri belgilari” borligi sabab mamlakat gerbini o‘zgartirishni taklif qildi, jamiyatda shafqatsizlik kuchayayotganiga ishora qildi.

O‘zbekiston Inson taraqqiyoti indeksida 106-o‘rinni egalladi
15 mart 2024, 20:49

O‘zbekiston Inson taraqqiyoti indeksida 106-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston BMTning yangi Inson taraqqiyoti indeksida bir pog‘ona pastlab, 193 ta mamlakat ichida 106-o‘rinni oldi. Mamlakat inson taraqqiyoti indeksi yuqori bo‘lgan mamlakatlar toifasida qolmoqda.

Rossiyada prezidentlik saylovlari boshlandi
15 mart 2024, 14:48

Rossiyada prezidentlik saylovlari boshlandi

Rossiyada prezidentlik saylovi uchun ovoz berish boshlandi, u 15−17-mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Mamlakatni 2000-yildan buyon boshqarib kelayotgan amaldagi davlat rahbari Vladimir Putin beshinchi marta prezidentlikka nomzodlik qilmoqda.

Daniya ilk bor ayollarni harbiy xizmatga chaqirishga qaror qildi
14 mart 2024, 23:07

Daniya ilk bor ayollarni harbiy xizmatga chaqirishga qaror qildi

Daniya hukumati majburiy harbiy xizmat muddatini uzaytirish va ayollar uchun muddatli harbiy xizmatni joriy etish niyatida. Hukumat shu yo‘l bilan “jinslar o‘rtasida to‘liq tenglikka” erishmoqchi.

Dunyoda elektromobillar atrofidagi ajiotaj so‘nib bormoqda — CNBC
14 mart 2024, 22:52

Dunyoda elektromobillar atrofidagi ajiotaj so‘nib bormoqda — CNBC

Butun dunyo bo‘ylab elektromobillar atrofidagi ajiotaj asta-sekin susaymoqda — eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchilari o‘z ishlab chiqarish rejalarini qisqartirmoqda yoki keyinga qoldirmoqda, deb yozdi CNBC. Ko‘pgina kompaniyalar gibrid modellarni ishlab chiqarishga intilmoqda.

Qirg‘iziston parlamenti “xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi
14 mart 2024, 21:19

Qirg‘iziston parlamenti “xorijiy agentlar to‘g‘risida"gi qonunni ma’qulladi

Qirg‘iziston parlamenti Rossiyaning xorijiy agentlar haqidagi qonuniga o‘xshash “xorijiy vakillar to‘g‘risida"gi rezonansli qonun loyihasini muhokamasiz ma’qulladi. Loyiha xalqaro tashkilotlar, huquq himoyachilari va jurnalistlar tomonidan tanqid qilindi.

Dunyoda bolalar o‘limi tarixdagi eng past darajaga yetdi — BMT
14 mart 2024, 01:03

Dunyoda bolalar o‘limi tarixdagi eng past darajaga yetdi — BMT

BMT hisobotida aytilishicha, 2022-yilda dunyoda besh yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi soni tarixiy eng past darajaga yetgan, biroq o‘sish, ayniqsa, qashshoq mamlakatlarda sekinligicha qolmoqda.

Yevroparlament sun’iy intellekt to‘g‘risidagi dunyodagi birinchi qonunni ma’qulladi
13 mart 2024, 23:56

Yevroparlament sun’iy intellekt to‘g‘risidagi dunyodagi birinchi qonunni ma’qulladi

Yevropa parlamenti sun’iy intellektdan foydalanishni tartibga soluvchi qonunni ma’qulladi. Bu dunyodagi bunday miqyosdagi birinchi qoidalar to‘plami hisoblanadi. Hujjat fuqarolarning huquqlariga tahdid soluvchi SI tizimlaridan foydalanishni taqiqlaydi, shuningdek, SI tarkibini aniq belgilashni talab qiladi.

Bayden va Tramp prezidentlikka nomzodini qo‘yish uchun yetarli bo‘lgan ovozlarni to‘pladi
13 mart 2024, 21:13

Bayden va Tramp prezidentlikka nomzodini qo‘yish uchun yetarli bo‘lgan ovozlarni to‘pladi

Jo Bayden va Donald Tramp Demokratlar va Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod sifatida rasman ko‘rsatilishi uchun yetarlicha ovoz oldi. Bu AQSh prezidentlik saylovlarida qariyb 70 yil ichidagi birinchi revansh uchrashuvi bo‘ladi.

Hindistonda fuqarolik to‘g‘risidagi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlar kuchga kirdi, bu esa ommaviy noroziliklarga sabab bo‘ldi
13 mart 2024, 00:06

Hindistonda fuqarolik to‘g‘risidagi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlar kuchga kirdi, bu esa ommaviy noroziliklarga sabab bo‘ldi

Hindistonda fuqarolik to‘g‘risidagi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlar kuchga kirdi, bu esa, huquq himoyachilari fikriga ko‘ra, musulmonlar huquqlarini cheklaydi. O‘zgartirishlar 2019-yilda qabul qilingandi, biroq mamlakatda boshlangan ommaviy norozilik namoyishlari tufayli keyinga qoldirilgan.

Rossiya hududlariga dron va diversantlar hujumi uyushtirildi. Nimalar ma’lum?
12 mart 2024, 23:41

Rossiya hududlariga dron va diversantlar hujumi uyushtirildi. Nimalar ma’lum?

12-martga o‘tar kechasi Rossiyaning kamida to‘qqizta hududiga dron hujumlari uyushtirildi. Nijegorod viloyatidagi “Lukoyl” NQIZda yong‘in sodir bo‘ldi, Belgorodda esa dron shahar ma’muriyati binosiga urildi. Ukraina hududidan kelgan diversantlar Kursk va Belgorod viloyatlariga bostirib kirishga urindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting