Qozog‘iston hukumati bir qator neft mahsulotlarini avtomobil yo‘llari orqali eksport qilish taqiqini yana uzaytirmoqda. Energetika, moliya, ichki ishlar vazirlari va Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisining buyrug‘i 29-martdan kuchga kiradi.

Taqiq yana olti oyga joriy etiladi va benzin, dizel yoqilg‘isi va boshqa ba’zi neft mahsulotlariga nisbatan qo‘llaniladi. Ammo bu moylash uchun moylarga, avtomobil ishlab chiqaruvchisi tomonidan taqdim etilgan gaz baklarida neft mahsulotlarini eksport qilishga, ilmiy tadqiqotlar uchun aviatsiya yoqilg‘isiga, insonparvarlik yordami doirasida eksport qilinadigan neft mahsulotlariga ta’sir qilmaydi.

Qozog‘iston mamlakati O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Rossiyaga ortiqcha eksportga qarshi kurashish maqsadida 2019-yil noyabr oyida avtomobillar orqali neft mahsulotlari eksportini chekladi.

Keyinchalik taqiq bekor qilindi, ammo cheklov 2022-yil iyul oyida olti oyga qayta kiritildi. O‘shandan beri u bir necha bor uzaytirib kelinmoqda.

Bundan tashqari, aprel oyida Qozog‘iston Energetika vazirligi benzin va dizel yoqilg‘isi uchun maksimal narxlarni oshirdi. Qaror qo‘shni davlatlar, jumladan, O‘zbekiston bilan narxlar farqini kamaytirish, neft mahsulotlari kontrabandasini to‘xtatish zarurligi bilan izohlandi