Jahon

AQSh “Tolibon”ni inson huquqlarini hurmat qilishga chaqirdi
1 avgust 2023, 17:48

AQSh “Tolibon”ni inson huquqlarini hurmat qilishga chaqirdi

AQSh “Tolibon” harakatini “inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatning yomonlashishiga olib keluvchi siyosatini, ayniqsa, ayollarga nisbatan qayta ko‘rib chiqishga” chaqirdi. “Tolibon”, o‘z navbatida, Afg‘oniston Markaziy bankining muzlatilgan aktivlarini qaytarishni so‘radi.

Xitoy dronlar eksportini chekladi
31 iyul 2023, 19:13

Xitoy dronlar eksportini chekladi

Xitoy sentabrdan harbiy maqsadlarda qayta jihozlanishi mumkinligidan xavotirlanib, fuqarolik dronlari eksportiga cheklovlar kiritmoqda. Dronlarning ayrim butlovchi qismlarini ruxsatsiz eksport qilish ham taqiqlanadi.

Rossiya Ukrainaning Krivoy Rog shahriga zarba berdi
31 iyul 2023, 18:53

Rossiya Ukrainaning Krivoy Rog shahriga zarba berdi

Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Krivoy Rog shahriga raketa hujumi uyushtirdi, to‘qqiz qavatli turar joy binosi va universitet o‘qqa tutildi. Kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi, 40 dan ortiq kishi jarohat oldi.

Pokistondagi siyosiy yig‘ilishda yuz bergan portlashda kamida 44 kishi halok bo‘ldi
31 iyul 2023, 10:12

Pokistondagi siyosiy yig‘ilishda yuz bergan portlashda kamida 44 kishi halok bo‘ldi

Pokistonning Bajaur tumanida siyosiy partiya yig‘ilishida xudkush portlash uyushtirdi. Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, 44 kishi halok bo‘lgan, 100 dan ortiq kishi jarohat olgan. O‘zbekiston TIV qurbonlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

“Global qaynash davri kirib keldi” — BMT rahbari
28 iyul 2023, 22:45

“Global qaynash davri kirib keldi” — BMT rahbari

“Global isish davri tugadi, global qaynash davri kirib keldi”, — deya ma’lum qildi BMT rahbari. Meteorologlarning fikricha, joriy yilning iyuli kuzatuvlar tarixidagi eng issiq oy bo‘ladi. Bu oyda eng issiq uch hafta va eng issiq uch kun qayd etildi.

JPMorgan 2024-yilda oltin narxi rekord darajada ko‘tarilishini bashorat qilmoqda
27 iyul 2023, 23:35

JPMorgan 2024-yilda oltin narxi rekord darajada ko‘tarilishini bashorat qilmoqda

JPMorgan oltin narxi 2024-yilda rekord darajaga — bir unsiyasi 2175 dollargacha ko‘tarilishini kutmoqda. Bu, ekspertlarning fikriga ko‘ra, yaqinda asosiy stavkani 22 yil ichida maksimal darajaga ko‘targan AQSh Federal zaxira tizimining pul-kredit siyosatini yumshatishi fonida sodir bo‘ladi.

Ekstremal issiqlik Markaziy Osiyo va Yevropada har ikki boladan biriga ta’sir qiladi — YUNISEF
27 iyul 2023, 19:58

Ekstremal issiqlik Markaziy Osiyo va Yevropada har ikki boladan biriga ta’sir qiladi — YUNISEF

Markaziy Osiyo va Yevropadagi bolalarning qariyb yarmi issiqlik to‘lqinlariga duchor bo‘lmoqda — bu global o‘rtacha ko‘rsatkichdan ikki barobar ko‘p, deyiladi YUNISEF hisobotida. Tashkilot mintaqa hukumatlarini shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirdi.

YUNESKO global miqyosda maktablarda smartfonlarni taqiqlashga chaqirmoqda
26 iyul 2023, 23:48

YUNESKO global miqyosda maktablarda smartfonlarni taqiqlashga chaqirmoqda

Mobil telefonlardan ortiqcha foydalanish o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini pasaytiradi va bolalarning hissiy barqarorligiga salbiy ta’sir qiladi, deyiladi YUNESKO hisobotida. Dunyoning har to‘rtinchi davlatida maktablarda smartfonlar allaqachon taqiqlangan.

XVJ global iqtisodiy o‘sish prognozini biroz yaxshiladi
26 iyul 2023, 18:55

XVJ global iqtisodiy o‘sish prognozini biroz yaxshiladi

Jahon iqtisodiyoti pandemiyadan va Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan so‘ng tiklanishda davom etmoqda, biroq tarixiy standartlar bo‘yicha zaif o‘sishni ko‘rsatmoqda, deya qayd etdi Xalqaro valyuta jamg‘armasi. Global inflyatsiya esa yuqoriligicha qolmoqda.

Xitoy tashqi ishlar vaziri Sin Gan ishdan bo‘shatildi, uning o‘rnini Van I egalladi
26 iyul 2023, 00:06

Xitoy tashqi ishlar vaziri Sin Gan ishdan bo‘shatildi, uning o‘rnini Van I egalladi

Xitoy tashqi ishlar vaziri Sin Gan bir oy davomida omma oldida ko‘rinish bermagani ortidan lavozimidan chetlatildi. Van I XXR Tashqi ishlar vazirligining yangi rahbari bo‘ldi.

Tadqiqot: Haddan tashqari issiqlik to‘lqinlari — iqlim inqirozi natijasi
25 iyul 2023, 20:54

Tadqiqot: Haddan tashqari issiqlik to‘lqinlari — iqlim inqirozi natijasi

So‘nggi haftalarda Shimoliy Amerika, Yevropa va Osiyoni qamrab olgan haddan tashqari issiqlik to‘lqinlari issiqxona gazlari emissiyasi natijasida yuzaga kelgan global isish tufayli paydo bo‘lgan, deyiladi World Weather Attribution tadqiqotida.

Qirg‘izistonda energetika sohasida favqulodda holat joriy etildi
25 iyul 2023, 09:34

Qirg‘izistonda energetika sohasida favqulodda holat joriy etildi

Qirg‘izistonda 2026-yilning 31-dekabriga qadar energetika sohasida favqulodda holat joriy etildi. Mamlakat prezidenti, shuningdek, suv tanqisligi bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun kunlik tartibga solish basseynlari qurilishini ma’lum qildi.

Isroil parlamenti Oliy sud vakolatlarini chekladi
24 iyul 2023, 21:24

Isroil parlamenti Oliy sud vakolatlarini chekladi

Isroil parlamenti sud-huquq islohotlari doirasida eng bahsli qonun loyihalaridan birini ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilib, Oliy sud vakolatlarini chekladi. Islohot loyihasi mamlakatda olti oydan beri davom etayotgan ommaviy noroziliklarni keltirib chiqardi.

Moskvaga ikkita dron hujumi uyushtirildi (video)
24 iyul 2023, 09:30

Moskvaga ikkita dron hujumi uyushtirildi (video)

24-iyul tongida Moskvaga ikkita dron hujum qildi. Biri biznes markaziga, ikkinchisi Rossiya Mudofaa vazirligi binosi yaqiniga quladi. Dronlar Ukrainaga tegishli ekani da’vo qilinmoqda.

Rossiya Odessaga raketa hujumi uyushtirdi, Preobrajenskiy kafedral sobori vayron qilindi
23 iyul 2023, 18:44

Rossiya Odessaga raketa hujumi uyushtirdi, Preobrajenskiy kafedral sobori vayron qilindi

Rossiyaning navbatdagi raketa hujumi natijasida Ukrainaning Odessa shahrida bir kishi halok bo‘ldi, 19 kishi yaralandi. Zarba shaharning tarixiy markazidagi kamida 25 ta obidaga zarar yetkazgan. Odessadagi eng katta pravoslav cherkovi — Preobrajenskiy kafedral sobori vayron qilindi.

O‘zbekistonlik aksiyadori bo‘lgan Ural KMK AQSh sanksiyalariga uchradi
21 iyul 2023, 17:35

O‘zbekistonlik aksiyadori bo‘lgan Ural KMK AQSh sanksiyalariga uchradi

Ural kon-metallurgiya kompaniyasi AQSh sanksiyalari ro‘yxatiga kiritildi. Avvalroq Forbes O‘zbekiston sobiq tashqi ishlar vazirining o‘g‘li Doniyor Komilov kompaniyaning yangi benefitsiar egasiga aylangani haqida xabar bergandi.

AQSh Qirg‘izistonning 4 ta kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi
21 iyul 2023, 16:00

AQSh Qirg‘izistonning 4 ta kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi

AQSh Moliya vazirligi Qirg‘izistonning to‘rtta kompaniyasini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ular Rossiya mudofaa sanoati uchun Rossiyaga elektronika va sanksiya ostidagi boshqa mahsulotlarni yetkazib bergan. Ukraina TIV Qirg‘iziston elchisini chaqirtirdi.

Nyu-Yorkda otib o‘ldirilgan 15 yoshli o‘zbekistonlik yigit janozasida shahar meri qatnashib, nutq so‘zladi
21 iyul 2023, 15:19

Nyu-Yorkda otib o‘ldirilgan 15 yoshli o‘zbekistonlik yigit janozasida shahar meri qatnashib, nutq so‘zladi

Nyu-York shahrida sodir bo‘lgan otishmada og‘ir yaralanib, shifoxonada vafot etgan 15 yoshli o‘zbekistonlik yigit janozasi bo‘lib o‘tdi. Unda shahar meri Erik Adams ham qatnashdi va nutq so‘zladi.

Qirg‘iziston AQShning ehtimoliy sanksiyalari bo‘yicha izoh berdi
20 iyul 2023, 22:18

Qirg‘iziston AQShning ehtimoliy sanksiyalari bo‘yicha izoh berdi

Qirg‘iziston qo‘sh maqsadli tovarlar eksporti ustidan nazorat kuchaytirilganini bildirdi. Avvalroq The Washington Post AQSh Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordami uchun mamlakatga qarshi sanksiyalar tayyorlayotganini yozgandi. Qirg‘iziston MXDQ sanksiyalarni xususiy kompaniyalar buzishi mumkinligini tan oldi.

AQShda 15 yoshli o‘zbekistonlik yigit otishmada vafot etdi
20 iyul 2023, 12:47

AQShda 15 yoshli o‘zbekistonlik yigit otishmada vafot etdi

Nyu-York shahrida sodir bo‘lgan otishmada og‘ir yaralangan 15 yoshli o‘zbekistonlik yigit shifoxonada vafot etdi. 17 yoshli gumonlanuvchi qidiruvga berilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting