Jahon

Qirg‘izistonda prokuratura Kloop nashrini tugatish bo‘yicha sudga da’vo kiritdi
28 avgust 2023, 22:38

Qirg‘izistonda prokuratura Kloop nashrini tugatish bo‘yicha sudga da’vo kiritdi

Bishkek prokuraturasi “Kloop Media” jamoat fondini (Kloop.kg sayti) tugatish to‘g‘risida sudga da’vo kiritdi. Da’vo arizasida aytilishicha, nashrning aksariyat materiallari “sof salbiy xarakterga ega” va “hozirgi hukumatning amaldagi siyosatini keskin tanqid qilishga” qaratilgan.

Qozog‘iston rahbari qirg‘iz-qozoq chegarasidagi “vaziyatni tartibga solish” bo‘yicha topshiriq berdi
28 avgust 2023, 15:54

Qozog‘iston rahbari qirg‘iz-qozoq chegarasidagi “vaziyatni tartibga solish” bo‘yicha topshiriq berdi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev yuzlab yuk mashinalari to‘planib qolgan qirg‘iz-qozoq chegarasidagi “vaziyatni tartibga solish” bo‘yicha topshiriq berdi. Qirg‘iziston Iqtisodiyot vazirligi avvalroq Qozog‘istonni tovarlar harakati erkinligini cheklayotganlikda ayblagandi.

Parijda 1-sentabrdan elektrosamokatlarni ijaraga berish to‘xtatiladi
28 avgust 2023, 11:00

Parijda 1-sentabrdan elektrosamokatlarni ijaraga berish to‘xtatiladi

Parij ko‘chalarida 1-sentabrdan elektrosamokatlarni ijaraga berish xizmatlari faoliyatini yakunlaydi. Shahar hokimiyati bu masala bo‘yicha aprel oyida referendum o‘tkazgan va natijalarga ko‘ra bunday kompaniyalar bilan shartnomalarni yangilamaslikka qaror qilingan.

Tojikistonda kuchli yog‘ingarchilik oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi
28 avgust 2023, 10:42

Tojikistonda kuchli yog‘ingarchilik oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi

Tojikistonda yakshanba kuni yog‘ib o‘tgan kuchli yomg‘irlar sababli Vahdat va Rudakiy hududlarida 13 kishi halok bo‘ldi. Mamlakat prezidenti halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirib, ularga yordam ko‘rsatilishini ma’lum qildi.

Uchinchi Jahon urushining oldini olish mumkinmi?
27 avgust 2023, 12:00

Uchinchi Jahon urushining oldini olish mumkinmi?

Insoniyat taqdiri AQSh va Xitoy qay darajada murosaga kela olishiga bog‘liq. Har ikki kuch qarshi tarafning strategik xavf tug‘dirishiga o‘z-o‘zini ishontirib bo‘lgan. Xitoy va AQSh bir-biri bilan keng qamrovli urush tahdidisiz birga yashay oladimi? Amerikalik nufuzli diplomat Genri Kissinjer mulohazalari.

Britaniyada COVID-19 qurbonlarining oilalari hukumatni sudga berdi
25 avgust 2023, 23:45

Britaniyada COVID-19 qurbonlarining oilalari hukumatni sudga berdi

COVID-19 pandemiyasi boshida vafot etgan britaniyaliklarning oilalari hukumatni, shuningdek, bir qator qariyalar uylari va kasalxonalarni sudga berishdi. Ularning ta’kidlashicha, rasmiylar o‘z yaqinlarini virusdan himoya qilish uchun yetarlicha harakat qilmagan.

Qozog‘iston universitetlarida sun’iy intellekt majburiy o‘qitiladi
25 avgust 2023, 23:19

Qozog‘iston universitetlarida sun’iy intellekt majburiy o‘qitiladi

Qozog‘iston Fan va oliy ta’lim vazirligi kelgusi yildan mamlakat universitetlarida talabalarning sun’iy intellekt bo‘yicha asosiy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishlari uchun ushbu yo‘nalish bo‘yicha majburiy kurslarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Germaniya hukumati fuqarolik berishni osonlashtirmoqda
25 avgust 2023, 19:02

Germaniya hukumati fuqarolik berishni osonlashtirmoqda

Germaniya hukumati mamlakat pasportini 5 yilda olishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ma’qulladi. Shuningdek, fuqarolik til bilish, volontyorlik ishlaridagi faollik va professional sifatlar kabi omillarga qarab 3 yilda ham berilishi mumkin. Boshqa fuqaroliklardan voz kechish talab etilmaydi.

Putin Prigojin samolyoti halokati bo‘yicha izoh berdi
24 avgust 2023, 23:00

Putin Prigojin samolyoti halokati bo‘yicha izoh berdi

RF prezidenti Tver viloyatidagi aviahalokatda vafot etganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi. Yevgeniy Prigojin haqida o‘tgan zamonda gapirar ekan, uni “murakkab taqdirli odam” va “iqtidorli tadbirkor” deb atadi. Uning qo‘shimcha qilishicha, ekspertiza vaqt talab etadi.

Yaponiya “Fukusima-1” AES suvini okeanga to‘kishni boshladi
24 avgust 2023, 18:30

Yaponiya “Fukusima-1” AES suvini okeanga to‘kishni boshladi

Yaponiya “Fukusima-1” AESning tozalangan radioaktiv suvini okeanga to‘kishni boshladi. Jarayon 30 yildan ortiq davom etishi kutilmoqda. MAGATE rejani xavfsiz deb tan oldi. Xitoy esa okeanga tashlanishiga qarshi chiqdi va yapon dengiz mahsulotlari importini to‘xtatib qo‘ydi.

Turkiya Markaziy banki asosiy stavkani 25 foizgacha oshirdi
24 avgust 2023, 17:57

Turkiya Markaziy banki asosiy stavkani 25 foizgacha oshirdi

Turkiya Markaziy banki asosiy stavkani birdaniga 750 bazis punktiga — 17,5 foizdan 25 foizgacha oshirdi. Mamlakat regulyatori inflyatsiya prognozining sezilarli yaxshilanishiga erishilgunga qadar zaruratga qarab pul-kredit siyosatini qattiqlashtirishda davom etmoqchi.

BRIKSga yana 6 ta davlat qo‘shiladi
24 avgust 2023, 13:13

BRIKSga yana 6 ta davlat qo‘shiladi

Janubiy Afrika Respublikasidagi sammitdan so‘ng BRIKSga 6 ta davlat — Argentina, Misr, Efiopiya, Eron, Saudiya Arabistoni va BAA qo‘shilishi ma’lum bo‘ldi. JAR prezidenti Siril Ramafosa bu mamlakatlar ittifoqqa qo‘shilish uchun taklif etilganini tasdiqladi.

RFning Tver viloyatida yo‘lovchilari orasida Yevgeniy Prigojin ham borligi aytilayotgan shaxsiy samolyot halokatga uchradi
23 avgust 2023, 23:43

RFning Tver viloyatida yo‘lovchilari orasida Yevgeniy Prigojin ham borligi aytilayotgan shaxsiy samolyot halokatga uchradi

Tver yaqinida, Rossiya Telegram-kanallari ma’lumotlariga ko‘ra, “Vagner” XHK rahbari Yevgeniy Prigojinga tegishli shaxsiy samolyot quladi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bortdagilarning barchasi halok bo‘lgan. Rosaviatsiya yo‘lovchilar ro‘yxatida Yevgeniy Prigojinning ism-familiyasi ham borligini ma’lum qildi.

Hindistonning “Vikram” moduli Oy yuzasiga muvaffaqiyatli qo‘ndi (video)
23 avgust 2023, 19:12

Hindistonning “Vikram” moduli Oy yuzasiga muvaffaqiyatli qo‘ndi (video)

Hindistonning bortida oykezari bo‘lgan “Vikram” moduli Oy yuzasiga muvaffaqiyatli qo‘ndi. Mamlakat bu bilan SSSR, AQSh va Xitoydan keyin o‘z apparatini Oy yuzasiga qo‘ndirgan to‘rtinchi davlatga aylandi.

“Tolibon” hokimiyatga kelgach, yuzlab sobiq afg‘on rasmiylari va harbiylari qatl etildi — BMT
23 avgust 2023, 18:05

“Tolibon” hokimiyatga kelgach, yuzlab sobiq afg‘on rasmiylari va harbiylari qatl etildi — BMT

BMTning Afg‘onistonga yordam missiyasi “Tolibon” hokimiyatga kelganidan beri ag‘darilgan afg‘on hukumati amaldorlari va askarlarining kamida 218 ta holatda sudsiz qatl etilganini qayd etdi.

XMT: Sun’iy intellekt ish o‘rinlarini egallamaydi, balki ularni to‘ldiradi
22 avgust 2023, 22:42

XMT: Sun’iy intellekt ish o‘rinlarini egallamaydi, balki ularni to‘ldiradi

Xalqaro mehnat tashkiloti tadqiqoti ko‘pchilik ish o‘rinlari faqatgina qisman avtomatlashtirilishi hamda ChatGPT kabi generativ sun’iy intellekt ish o‘rinlarini egallamasligi, balki ularni to‘ldirishini ko‘rsatdi. Kanselyariya ishlari ko‘proq xavf ostida.

Qirg‘iziston-Qozog‘iston chegarasida yuzlab yuk mashinalaridan iborat navbat paydo bo‘ldi. Asosiy ma’lumotlar
22 avgust 2023, 22:08

Qirg‘iziston-Qozog‘iston chegarasida yuzlab yuk mashinalaridan iborat navbat paydo bo‘ldi. Asosiy ma’lumotlar

Qirg‘iz-qozoq chegarasidagi “Aq-Tilek” NO‘Pda yuzlab yuk mashinalari to‘plandi. Qirg‘iziston matbuotida bunga qo‘shnilarga suv yetkazish to‘xtatilgani sabab bo‘lishi mumkinligi haqidagi xabarlar paydo bo‘ldi. Qozog‘iston chegarachilari cheklovlar qo‘yilmagani va o‘tkazish ko‘rsatkichlari yozgi mavsumga xosligini aytishdi.

Qozog‘istonda 11 kishi Sirdaryoda cho‘kib ketib halok bo‘ldi
22 avgust 2023, 12:32

Qozog‘istonda 11 kishi Sirdaryoda cho‘kib ketib halok bo‘ldi

Qozog‘istonning Turkiston viloyatida suzishga borgani aytilayotgan 20 kishining 11 nafari Sirdaryoda cho‘kib ketib halok bo‘ldi. Ularning 5 nafari bolalar. Hudud cho‘milish uchun mo‘ljallanmagani ta’kidlandi.

Rossiyaning “Yandeks” kompaniyasi yandex.kz serverlarini Qozog‘istonga o‘tkazadi
21 avgust 2023, 19:11

Rossiyaning “Yandeks” kompaniyasi yandex.kz serverlarini Qozog‘istonga o‘tkazadi

Rossiyaning “Yandeks” kompaniyasi yandex.kz mahalliy domeni serverlarini Qozog‘istonga o‘tkazishga rozi bo‘ldi. Avgust oyi boshida mamlakat hukumati domen mamlakat tashqarisida joylashtirilgani uchun platformaga kirishni vaqtincha yopib qo‘ygan edi.

NYT: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari qariyb 500 ming kishiga yetdi
21 avgust 2023, 15:56

NYT: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari qariyb 500 ming kishiga yetdi

2022-yil fevral oyida Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan buyon har ikki tomondan 500 mingga yaqin askar frontda halok bo‘ldi yoki yaralandi, deb yozmoqda The New York Times.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting