Jahon

Boris Nadejdinga Rossiya prezidentlik saylovlarida ishtirok etishga ruxsat berilmadi
8 fevral 2024, 18:05

Boris Nadejdinga Rossiya prezidentlik saylovlarida ishtirok etishga ruxsat berilmadi

Rossiya Markaziy saylov komissiyasi urushga qarshi yagona nomzod Boris Nadejdinning Rossiya prezidentlik saylovlarida ishtirok etishiga ruxsat bermadi. MSK qayd etishicha, uni qo‘llab-quvvatlagan uchun yig‘ilgan imzolarning bir qismi yaroqsiz deb topilgan. Siyosatchi bu bo‘yicha Rossiya Oliy sudiga murojaat qilmoqchi.

Ilhom Aliyev Ozarbayjon prezidenti etib qayta saylandi
8 fevral 2024, 17:18

Ilhom Aliyev Ozarbayjon prezidenti etib qayta saylandi

Ozarbayjonning amaldagi rahbari Ilhom Aliyev navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida 92,05 foiz ovoz oldi. Bu uning beshinchi prezidentlik muddati bo‘ladi, u 20 yildan buyon mamlakatni boshqarmoqda.

HAMAS G‘azoda 135 kunlik sulh tuzishni taklif qilmoqda — Reuters
8 fevral 2024, 00:41

HAMAS G‘azoda 135 kunlik sulh tuzishni taklif qilmoqda — Reuters

HAMAS Isroilga G‘azo sektorida 135 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish rejasini taklif qildi. Bu davr mobaynida guruh garovga olinganlarni ozod qiladi, Isroil askarlari esa G‘azoni tark etishi kerak bo‘ladi.

Alisher Usmonovga nisbatan qo‘llangan sanksiyalar bekor qilinmaydi — YI sudi
7 fevral 2024, 21:12

Alisher Usmonovga nisbatan qo‘llangan sanksiyalar bekor qilinmaydi — YI sudi

Yevropa sudi milliarder Alisher Usmonovning o‘ziga Rossiyaning Ukrainaga bosqini sababli YI tomonidan qo‘yilgan sanksiyalarni bekor qilish haqidagi apellyatsiyasini rad etdi. Usmonovning advokatlari sanksiyalar uchun asoslar noaniq ekanini ta’kidladi, biroq sud bu fikrga qo‘shilmadi.

Rossiya Ukraina bo‘ylab yana keng ko‘lamli raketa zarbalarini yo‘lladi
7 fevral 2024, 15:43

Rossiya Ukraina bo‘ylab yana keng ko‘lamli raketa zarbalarini yo‘lladi

7-fevral kuni ertalab Ukraina yana o‘qqa tutildi, bir qancha hududlarda portlash ovozlari eshitildi. Kiyevda hujum tufayli 18 qavatli turar joy binosi yonib ketdi, kamida uch kishi halok bo‘ldi, 20 dan ortiq kishi jarohatlandi.

Reuters: Huawei SI chiplariga katta talab sabab smartfon ishlab chiqarishni sekinlashtiradi
7 fevral 2024, 00:39

Reuters: Huawei SI chiplariga katta talab sabab smartfon ishlab chiqarishni sekinlashtiradi

Sun’iy intellekt chiplariga talab ortib borayotgani va AQSh savdo cheklovlari fonida Xitoyning Huawei kompaniyasi asosiy e’tiborni Ascend AI chiplarini ishlab chiqarishga qaratdi va Mate 60 smartfonlarini ishlab chiqarishni sekinlashtirdi, deb yozdi Reuters.

Qozog‘istonning yangi bosh vaziri etib Oljas Bektenov tayinlandi
6 fevral 2024, 15:25

Qozog‘istonning yangi bosh vaziri etib Oljas Bektenov tayinlandi

Qasim-Jomart Toqayev Qozog‘iston Prezident administratsiyasi rahbari Oljas Bektenovni bosh vazir etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Toqayev, shuningdek, hukumatning iste’fosi va Bektenov nomzodi yuzasidan izoh berdi.

Britaniya qiroli Charlz III saraton kasalligiga chalindi
6 fevral 2024, 14:37

Britaniya qiroli Charlz III saraton kasalligiga chalindi

Buyuk Britaniya qiroli Charlz III saraton kasalligiga chalindi. Davolanish davrida u ommaviy tadbirlarda kamroq qatnashadi. Bukingem saroyining ta’kidlashicha, qirol yaxshi kayfiyatda va tez orada davlat vazifalariga qaytishga umid qilmoqda.

Vengriyada Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish haqidagi arizasiga doir parlament yig‘ilishi to‘xtatildi
6 fevral 2024, 01:52

Vengriyada Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish haqidagi arizasiga doir parlament yig‘ilishi to‘xtatildi

Vengriyaning hukmron partiyasi a’zolari Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish arizasi bo‘yicha ovoz berish jarayoni o‘tkazilishi kerak bo‘lgan parlament yig‘ilishini boykot qildi. Vengriya Yevropa Ittifoqidagi hali arizani ma’qullamagan so‘nggi davlat hisoblanadi.

Parijda yo‘ltanlamas avtomobillar uchun “parkovka” to‘lovlari uch baravar oshiriladi
6 fevral 2024, 01:33

Parijda yo‘ltanlamas avtomobillar uchun “parkovka” to‘lovlari uch baravar oshiriladi

Parijliklar yo‘ltanlamaslar uchun avtoturargohlar narxini uch barobar oshirish tartibini qo‘llab-quvvatladi. Fransiya poytaxti rasmiylari shu yo‘l bilan ushbu turdagi avtomobillarning havoni ifloslantirishiga qarshi kurashib, yo‘l harakati xavfsizligini yaxshilashni istamoqda.

Qozog‘istonda hukumat iste’foga chiqdi
5 fevral 2024, 15:59

Qozog‘istonda hukumat iste’foga chiqdi

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev hukumatining iste’fosi qabul qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hukumatning iste’foga chiqish sabablari haqida ma’lumot berilmagan. Bosh vazir vazifasini bajaruvchi etib bungacha hukumat rahbarining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan Roman Sklyar tayinlandi.

Bishkekdagi asosiy IESda portlash sodir bo‘ldi, aholi issiq suv va isitish tizimidan uzildi
2 fevral 2024, 22:22

Bishkekdagi asosiy IESda portlash sodir bo‘ldi, aholi issiq suv va isitish tizimidan uzildi

Bishkekda shaharning katta qismini issiqlik bilan ta’minlaydigan IESda portlash sodir bo‘ldi. Aholiga issiq suv ta’minoti to‘xtatildi, maktab va bog‘chalar onlayn ta’limga o‘tkazildi. Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov vaziyatni o‘z nazoratiga oldi.

Eronga kirishda O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejim 4-fevraldan amal qiladi
2 fevral 2024, 11:22

Eronga kirishda O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejim 4-fevraldan amal qiladi

Eron TIV mamlakatga sayyoh sifatida keladigan 28 ta davlat, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari 4-fevraldan vizasiz kira olishini ma’lum qildi. Bunday qaror orqali Eron haqidagi salbiy propaganda va eronofobiyaga chek qo‘yilishi bildirilgan.

JSST: 2050-yilda saratonga chalinganlar soni 35 milliondan oshadi
2 fevral 2024, 01:30

JSST: 2050-yilda saratonga chalinganlar soni 35 milliondan oshadi

JSSTga ko‘ra, 2050-yilga borib dunyoda saraton kasalligiga chalinganlar soni 35 milliondan oshadi. Bunga nafaqat aholi soni va yashash davomiyligining o‘sib borayotgani, balki tamaki iste’moli yoki havoning ifloslanishi kabi omillar ham ta’sir qiladi.

AQSh askarlari o‘limiga javoban Iroq va Suriyadagi nishonlarga zarba beradi
2 fevral 2024, 00:54

AQSh askarlari o‘limiga javoban Iroq va Suriyadagi nishonlarga zarba beradi

Oq uy Iordaniyadagi AQSh harbiy bazasiga qilingan hujum oqibatida amerikalik askarlar halok bo‘lgani sabab Iroq va Suriyadagi Eron bilan bog‘liq nishonlarga zarba berish rejalarini ma’qulladi.

Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 50 mlrd yevrolik yordam paketi berishga kelishib oldi
1 fevral 2024, 19:27

Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 50 mlrd yevrolik yordam paketi berishga kelishib oldi

Yevropa Ittifoqining barcha 27 davlati Ukrainaga 50 mlrd yevro miqdoridagi yordam paketini berishga rozi bo‘ldi. “Biz nima xavf ostida turganini bilamiz”, — dedi Yevrokengash rahbari Sharl Mishel. Avvalroq Vengriya bosh vaziri Viktor Orban paketga qarshi chiqqan edi, biroq YeI u bilan murosaga erisha oldi.

Qozog‘iston parlamenti oiladagi zo‘ravonlik uchun jazoni kuchaytiruvchi qonun loyihasini ma’qulladi
1 fevral 2024, 10:35

Qozog‘iston parlamenti oiladagi zo‘ravonlik uchun jazoni kuchaytiruvchi qonun loyihasini ma’qulladi

Qozog‘iston parlamenti ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, oiladagi (maishiy) zo‘ravonlik uchun jazoni kuchaytiruvchi qonun loyihasini ma’qulladi. Hujjatda kaltaklashga ham jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.

Davlat sirlarini oshkor qilishda ayblangan Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xon 10 yilga qamaldi
30 yanvar 2024, 17:57

Davlat sirlarini oshkor qilishda ayblangan Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xon 10 yilga qamaldi

Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xon davlat sirlarini oshkor qilganlikda ayblanib, 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu siyosatchiga olti oy ichida chiqarilgan ikkinchi hukm sanaladi: o‘tgan yozda sud uni korrupsiyada aybdor deb topgandi.

O‘zbekiston Transparency International tashkilotining korrupsiyani qabul qilish indeksida besh pog‘onaga ko‘tarildi
30 yanvar 2024, 15:15

O‘zbekiston Transparency International tashkilotining korrupsiyani qabul qilish indeksida besh pog‘onaga ko‘tarildi

O‘zbekiston Transparency International tashkilotining korrupsiyani qabul qilish indeksida 180 mamlakat ichida 121-o‘rinni egalladi. Yil davomida mamlakat besh pog‘onaga ko‘tarildi. Tashkilot ekspertlari korrupsiyaga qarshi yanada samarali kurashish uchun “keng qamrovli islohotlar” zarurligini ta’kidladi.

Gruziya bosh vaziri iste’foga chiqishini e’lon qildi
30 yanvar 2024, 01:10

Gruziya bosh vaziri iste’foga chiqishini e’lon qildi

Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili 2021-yildan beri egallab kelgan lavozimidan iste’foga chiqishini ma’lum qildi. U hukmron partiyani 2024-yil kuzida bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlariga tayyorlash uchun boshqaradi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting