Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 5-fevral kuni hukumatining iste’fosini qabul qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hujjat matnini Qozog‘iston rahbari matbuot xizmati e’lon qildi.

Hukumatning iste’foga chiqish sabablari haqida ma’lumot berilmagan. Bosh vazir vazifasini bajaruvchi etib Roman Sklyar tayinlandi. U bungacha hukumat rahbarining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.

Hujjatda Qozog‘iston hukumati a’zolari hukumatning yangi tarkibi tasdiqlanmaguncha o‘z vazifalarini bajarishda davom etishi qayd etilgan.