Co‘nggi 3 kunning o‘zida Telegram orqali butun dunyo bo‘ylab 25 mln foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tdi va faol foydalanuvchilari soni 500 milliondan oshdi
Dunyodagi birinchi to‘laqonli sun’iy yurak 2021 yilning ikkinchi choragidan sotuvga chiqarilishi mumkin. Fransiyaning Carmat kompaniyasi ushbu qurilmani yaratish bo‘yicha ishlarni 27 yil oldin boshlagan edi.
Telegram’da faol foydalanuvchilar soni 500 millionga yaqinlashmoqda. Foydalanuvchilar soni bilan birga kompaniya harajatlari ham oshayotgani sabab, Pavel Durov 2021 yildan boshlab Telegram’ni tijoratlashtirishini ma’lum qildi.
Yaponiyalik mutaxassislar yangi iPhone 12 tannarxini 373 dollarga baholashdi. Smartfonning eng qimmat qismi OLED matritsasi bo‘lib chiqdi. Tahlilchilarning so‘zlariga ko‘ra, smartfon reklama, izlanishlar va logistika xarajatlari tufayli yuqori narxga ega bo‘ladi.
Yangi qurilayotgan Sergeli yer usti metro yo‘nalishida test rejimida poyezd harakati amalga oshirildi. Metroning yil oxirigacha to‘liq foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.
Apple o‘zining shaxsiy Apple Silicon protsessorini o‘z ichiga olgan birinchi Mac kompyuterlarini taqdim etdi.
Xitoy dunyodagi birinchi oltinchi avlod (6G) aloqa sinovi uchun sun’iy yo‘ldoshini uchirdi. Cun’iy yo‘ldoshda ekinlar va o‘rmon yong‘inlarini kuzatish texnologiyalari ham mavjud.
Virgin Hyperloop kompaniyasi vakuumli poyezd kapsulasining birinchi yo‘lovchi sinovlarini o‘tkazdi. Tunnel orqali o‘tish paytida yangi transport turi 48 m/s tezlikkacha ko‘tarildi.
Samsung kompaniyasi rahbari vafot etdi, Starlink internetining sinovlari va natijalari, AMD kompaniyasining yangi videokartalari, Cyberpunk 2077ning qoldirilishi va boshqa texno-yangiliklar «Gazeta.uz» dayjestda.
O‘zbekistonda yetakchi investitsiya kompaniyalari bilan hamkorlikda 2021 yilda 2 ta, 2025 yilda 10 ta venchur jamg‘armalari tashkil qilinadi. Ilmiy tashkilotlar rahbarlari lavozimiga ustuvor ravishda ilm-fan tizimini boshqarish ko‘nikmasiga va iqtisodiy bilimga ega bo‘lgan yosh mutaxassislar tayinlanadi.
2007 yilda o‘zbekistonlik Doniyor Shamuzafarov milliy kibersport tarixidagi birinchi medalni qo‘lga kiritdi va doping testidan o‘tdi. Bugun u Toshkentda kichik pitseriyaga egalik qiladi, deyarli kompyuter o‘yinlarini o‘ynamaydi. Doniyor Shamuzafarovning hikoyasi — beparvo yoshlik go‘zalligi va ulg‘ayish jasorati haqida. Kibersport nimani o‘rgatadi, yaqin-qadrdonlar qo‘llab-quvvatlashining ahamiyati va g‘alaba shukuhi — Sabina Bakayeva reportajida.
Apple Event taqdimotida Apple kompaniyasi yangi iPhone smartfonlari va HomePod mini «aqlli» karnaylarini taqdim etdi
Google kompaniyasining mashhur Chrome brauzeri sotilishi mumkin. Bundan tashqari, kompaniya reklama biznesining bir qismidan ham ayrilishi mumkin.
Nvidia kompaniyasi neyrotarmoqlar yordamida ishlaydigan Maxine xizmatini ishga tushirdi. U videoqo‘ng‘iroqlarning sifatini oshiradi, ortiqcha shovqinni bartaraf etadi va jonli tarzda tarjima qiladi.
Telegram messenjerining Android beta-versiyasida izohlar qoldirish funksiyasi paydo bo‘ldi. Avval izoh qoldirish faqat qo‘shimcha botlar orqali amalga oshirilar edi
Suntronix konsalting kompaniyasi xalqaro ekspertiza va ilg‘or IT texnologiyalarni biznes raqamli transformatsiyasining asosi sifatida taklif etadi.
UZIMEI tizimi operatori mobil qurilmalarning IMEI-kodini uchinchi shaxslar pasportlaridan foydalangan holda ro‘yxatdan o‘tkazish holatlari yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qildi.
O‘zbekiston Global innovatsion indeks reytingida 131 davlat orasida 93-o‘rinni egalladi. So‘nggi besh yilda mamlakat ma’lumotlar yetishmagani sababli reytingga kiritilmagan edi.
Ilon Mask Neuralink neyrointerfeysining Link simsiz chipini taqdim etdi. Tanga shaklidagi miya faoliyatini o‘qiy oladigan uskuna hayvonlarda sinab ko‘rilmoqda.
O‘zbekistonda 1 oktyabrdan mobil telefon raqamini o‘zgartirmasdan turib boshqa kompaniyaga o‘tkazish imkoniyati paydo bo‘ladi. Buning uchun mobil aloqa operatori bilan tegishli shartnoma tuzish kerak bo‘ladi.
Qo`shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro`yxatdan o`ting