Apple 5-iyun kuni 34-WWDC dasturchilar konferensiyasida o‘zining yangi mahsulotlari va dasturiy ta’minotlari taqdimotini o‘tkazdi. Yangi qurilmalar orasida Macbook Air, Vision Pro virtual reallik shlemi, yangi turdagi chiplar, Mac Studio kompyuterlari va iOS 17 operatsion tizimi bor.

Macbook Air

Yangi Macbook Air 11,5 millimetr qalinlikda ishlab chiqilgan, dunyodagi eng yaxshi va eng ingichka 15,3 dyumlik noutbuk sifatida tanishtirildi. Qurilmaning og‘irligi 1,5 kilogramm. U quvvatlantirish uchun Magsafe charging porti, ikkita oddiy quvvatlash porti va quloqchin tirqichiga ega. Yangi noutbuk to‘rt xil rangda ishlab chiqariladi.

Qurilmaga Luquid Retina display o‘rnatilgan va u milliardta rangni ko‘rsata oladi. Noutbuk videoqo‘ng‘iroqlar uchun yuqori sifatda tasvirga oluvchi kamera bilan jihozlangan (1080p). Bundan tashqari unda 6 ta ovoz karnayini ichiga oluvchi ovoz tizimi bor.

apple, macbook

M2 chipida ishlaydigan bu qurilma Intel chiplari o‘rnatilgan eng tezkor Macbook`dan 12 baravar tezroq ishlaydi. Batareyka quvvati esa 18 soatga yetadi. Kompaniya qayd etishicha, dunyodagi eng yaxshi Macbook deyilishiga sabab yangi qurilma 15 dyumli, Core i7 protsessorda ishlaydigan eng ko‘p sotilgan noutbukdan ko‘ra 2 baravar tezroq ishlaydi, displeyi 25 foiz yorug‘roq va quvvati 1,5 baravar ko‘proqqa yetadi. Shuningdek, yangi Macbook Air 40 foiz ingichkaroq.

apple, macbook
Narxi 1299 dollar, hoziroq buyurtma berish mumkin, kelasi haftadan buyurtmalarni yetkazib berish boshlanadi.

M2 chiplari

Taqdimotda M2 Max chipi ham taqdim etildi. U M1 Max chipidan 25 foiz tezroq. Bu orqali After Effects dasturida ishlovchilar o‘z loyihalarini M1 Max chipidagidan ko‘ra 1,5 baravargacha tezroq render qilishlari mumkin.

M2 Max chipida ishlab chiqarilgan Mac Studio ishchi stansiyasi Intel chipida ishlaydigan eng kuchli iMac`lardan 4 baravar kuchliroq.

apple, macbook

Bundan tashqari, Apple o‘z taqdimotida M2 seriyasidagi yangi chip — M2 Ultra`ni va unda ishlaydigan Mac Studio ishchi stansiyasini hamda Mac Pro professional kompyuterini ham taqdim etdi. M2 Ultra shaxsiy kompyuter uchun ishlab chiqarilgan eng kuchli chip ekani ta’kidlangan. M2 Ultra chipida ishlab chiqarilgan Mac Studio ishchi stansiyasi Intel chipida ishlaydigan eng kuchli iMac`lardan 6 baravar tezkorroq.

apple, macbook

M2 Ultra protsessorli takomillashtirilgan Mac Pro 24 yadroli va 192 Gb tezkor xotiraga ega bo‘ladi. Mac Studio narxi 1999 dollardan, Mac Pro`niki esa 6999 dollardan boshlanadi.

apple, macbook

iOS 17

Operatsion tizimning yangilangan versiyasida ko‘p yangi imkoniyatlar paydo bo‘lgan. Qo‘ng‘iroq ilovasida endi kontaktlar ko‘rinishini o‘zgaritirish mumkin. Masalan, ism yozilgan shriftni o‘zgartirish yoki rasm o‘rniga emoji joylashtirish mumkin.

Xabarlar ilovasiga ham yangi funksiya qo‘shilgan. U Check In deb nomlanadi va bu funksiya orqali bildirishnomalar jo‘natish mumkin. Masalan, yaqin insoningiz uchrashuvdan keyin uyiga ketgan vaqt shu funksiyani yoqib qo‘ysa, u uyga kelishi bilan tizim avtomatik ravishda manzilni aniqlaydi va uyga qaytgani haqida sizga xabar yuboradi.

Yana bir yangilik Siri ovozli yordamchisi bilan bog‘liq. Endi uni ishga tushirish uchun shunchaki “Siri” deyish kifoya. Avval ovozli yordamchi “Salom, Siri” buyrug‘i bilan ishga tushardi.

apple, macbook

Kutish rejimida ham ekranni gorizontal holatga o‘tkazib, pleyr, soat va boshqa vidjetlardan foydalanish mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari tizimga oflayn xarita, jonli stiker kabi funksiyalar ham qo‘shilgan.

Taqdimotda kompaniya Vision Pro virtual reallik shlemini ham taqdim etdi. Bunday gadjetlar bozorida hozirgacha yetakchi kompaniyalar Meta, Sony va Microsoft hisoblanib, endilikda Apple ular bilan raqobatlashadi. Vision Pro qurilmasining imkoniyatlari bilan batafsil mana bu havola orqali tanishish mumkin.