Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YAIDXP) orqali avtotransportni boshqarish uchun elektron ishonchnoma rasmiylashtirish xizmati ishga tushirildi.
Ariza beruvchi invoys raqam orqali to‘lovni amalga oshirgach, unga vakolatli organ tomonidan QR-kodli ishonchnoma beriladi.
Elektron ishonchnomani notarial tasdiqlash talab etilmaydi va u YPX xodimlari tomonidan elektron tekshiriladi.
Elektron ishonchnoma uchun alohida to‘lov tartibi (davlat boji — BHM ning 3 baravari — 900 ming so‘m) belgilangan.
Bunda davlat boji:
- 1 oygacha bo‘lgan muddatga — 10% (90 ming so‘m);
- 6 oygacha bo‘lgan muddatga — 50% (450 ming so‘m);
- 3 yilgacha bo‘lgan muddatga — 100% (900 ming so‘m miqdorida) undiriladi.
Avvalroq yagona portal orqali avtomashina avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirishga («tonirovkaga») ruxsatnoma olish xizmati yo‘lga qo‘yilgandi.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Bu bilan, 2021 yilning 1 sentabridan haydovchilardan avtomototransportni boshqarish uchun ishonchnoma, texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot va «tonirovka» ruxsatnomasini talab etish tartibi bekor qilingan edi.