22−26-iyul kunlari O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistonning “aytishnik” yoshlari uchun Andijon viloyatining Xonobod shahrida “Digital Valley” oromgohi faoliyatiga start berildi, deb xabar qildi “Gazeta.uz” muxbiri.

Mazkur oromgoh BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) va Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA), qolaversa, Andijondagi “Digital City” texnoparki hamkorligida tashkil etildi. Bu BMT bosh kotibining Tinchlik o‘rnatish jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladigan FAO va UNFPA`ning “O‘zaro hamkorlik orqali O‘zbekiston va Qirg‘izistonning cheragaoldi hududlarini rivojlantirish” nomli qo‘shma loyihasining bir qismi hisoblanadi.

it, unfpa, андижон, бмт, yoshlar, тожикистон, o‘zбекистон, қирғизистон, fao

Asosiy maqsad — Farg‘ona vodiysi va qo‘shni mamlakatlarning yoshlari o‘rtasida axborot texnologiyalari sohasiga umumiy qiziqish asosida do‘stlik va hamkorlikni rivojlantirishdan iborat. Ishtirokchilar uchun bu raqamli texnologiyalarni qo‘llash, ularning barqaror rivojlanishga ta’siri haqida ko‘proq ma’lumot olishning ajoyib imkoniyatdir/

Oromgohga O‘zbekiston (Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari), Qirg‘iziston (Botkent, Jalolobod va O‘sh viloyatlari) va Tojikiston (So‘g‘d viloyati) oliygohlari ta’lim oluvchi IT sohasida iste’dodga ega 60 nafar talaba taklif etilgan.

Barcha ishtirokchilar dasturlash, grafik dizayn va raqamli marketing ixtisosliklari bo‘yicha uch guruhga bo‘lingan. Guruhlarga biriktirilgan koordinatorlar yordamida ishtirokchilar taklif etilgan spiker va mentorlar ishtirokidagi turli ma’rifiy tadbirlarda qatnashadi.

it, unfpa, андижон, бмт, yoshlar, тожикистон, o‘zбекистон, қирғизистон, fao

“Ushbu IT oromgoh Markaziy Osiyo yoshlari uchun raqamli texnologiyalar hamda odamlar turmush tarzini yaxshilash uchun ulardan qanday foydalanish kerakligi haqida ko‘proq ma’lumot olish imkonini yaratadi”, — deydi UNFPA`ning O‘zbekistondagi vakili Yu Yu. — Biz 21 asrda muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni jumladan, AKT bo‘yicha ko‘nikmalarni rivojlantirishda hududdagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga intilamiz. Bu ko‘nikmalar reproduktiv salomatlik haqidagi ma’lumotlar va resurslarga ega bo‘lish, o‘zlari va boshqalar huquqlarini himoya qilish uchun ishlatilishi mumkin. Biz AKT ayollar va qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish va reproduktiv salomatlikni targ‘ib qilish uchun kuchli vosita bo‘lishi mumkinligiga ishonamiz".

it, unfpa, андижон, бмт, yoshlar, тожикистон, o‘zбекистон, қирғизистон, fao

“Mavjud imkoniyatlarni kengaytirish hamda yoshlarimizni raqamli texnologiyalarning o‘zgartiruvchan salohiyatidan foydalanishga ilhomlantirish juda muhimdir, zero ushbu texnologiyalar dunyoda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va kelgusi avlodlar uchun atrof-muhitni muhofaza qilishda asosiy o‘rin tutadi”, — dedi FAO`ning O‘zbekistondagi vakili o‘rinbosari Sherzod Umarov.

Besh kunlik oromgoh davomida yoshlar raqamli texnologiyalarga kirish, ilovalar veb-ishlanmasi, ishlanmalar va raqamli marketingni qamrab olgan. IT sohasidan taklif etilgan spikerlar biznesni ochish va barqaror rivojlanishni ilgari surish uchun raqamli texnologiyalarning imkoniyatlari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.