Boeing kompaniyasi 31 yanvar kuni 747 modelidagi samolyotning so‘nggisini buyurtmachiga yetkazib berdi. Ushbu turdagi laynerlarning oxirgisi — Everettdagi Boeing zavodida yig‘ilgan 747−8 Freighter yuk tashuvchisi Amerikaning Atlas Air aviakompaniyasiga topshirildi. «Gazeta.uz» ushbu havo laynerlari haqida Meduza tomonidan e’lon qilingan fotomaqolaning tarjimasini taqdim etadi.

Birinchi marta 1969 yilgi Parij aviasalonida namoyish etilgan Boeing 747 samolyoti tezda ommaviy aviatsiya timsoliga aylangan edi — o‘ziga xos «o‘rkachi» tufayli uni oddiy odamning ko‘ziga deyarli bir xil ko‘rinadigan boshqa barcha ommabop modellardan osongina ajratib olish mumkin edi.

Boeing 747 deyarli 40 yil davomida — Airbus A380 parvozlarga kirishguniga qadar eng og‘ir va yo‘lovchi sig‘imi eng katta samolyot maqomini o‘zida saqlab turdi (hozirda A380 samolyotlarini ishlab chiqarish ham tugatilgan — bu rusumdagi so‘nggi layner 2021 yilda yig‘ilgandi).


British Overseas Airways Corporation boshqaruvchi direktori Kit Grenvill Xitrou aeroporti fonida Boeing 747 samolyoti modelini ko‘tarib turibdi, 1969 yil, mart. Foto: Jim Gray / Keystone / Getty ImagesBritish Overseas Airways Corporation boshqaruvchi direktori Kit Grenvill Xitrou aeroporti fonida Boeing 747 samolyoti modelini ko‘tarib turibdi, 1969 yil, mart. Foto: Jim Gray / Keystone / Getty Images

Boeing 747 birinchi marta Everettdagi zavodning uchish-qo‘nish yo‘lagidan parvozga ko‘tarilmoqda, 1969 yil 9 fevral. Foto: AP / Scanpix / LETABoeing 747 birinchi marta Everettdagi zavodning uchish-qo‘nish yo‘lagidan parvozga ko‘tarilmoqda, 1969 yil 9 fevral. Foto: AP / Scanpix / LETA

Ekipaj sinov parvozi paytida Boeing 747 samolyoti kabinasida, 1969 yil. Foto: Mondadori / Getty ImagesEkipaj sinov parvozi paytida Boeing 747 samolyoti kabinasida, 1969 yil. Foto: Mondadori / Getty Images

Reklama suratga olish jarayonidan: styuardessa dastlabki Boeing 747 samolyotlaridan birining Pratt & Whitney JT9D dvigatelida o‘tiribdi, 1968 yil sentabr. Yangi dvigatellarning o‘rnatilishi Boeing 747 ga 50 yildan ko‘proq vaqt davomida raqobatbardosh bo‘lish imkonini berdi. Foto: Matteo Omied / Alamy / Vida PressReklama suratga olish jarayonidan: styuardessa dastlabki Boeing 747 samolyotlaridan birining Pratt & Whitney JT9D dvigatelida o‘tiribdi, 1968 yil sentabr. Yangi dvigatellarning o‘rnatilishi Boeing 747 ga 50 yildan ko‘proq vaqt davomida raqobatbardosh bo‘lish imkonini berdi. Foto: Matteo Omied / Alamy / Vida Press

Bort kuzatuvchisi birinchi klass yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda, 1970 yil yanvar. Foto: Fox Photos / Getty ImagesBort kuzatuvchisi birinchi klass yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda, 1970 yil yanvar. Foto: Fox Photos / Getty Images

Tayyorlanish jarayonida bo‘lgan Boeing 747 salonining maketi, 1968 yil may. Foto: Alan Band / Fox Photos / Getty ImagesTayyorlanish jarayonida bo‘lgan Boeing 747 salonining maketi, 1968 yil may. Foto: Alan Band / Fox Photos / Getty Images

Everett shahridagi Boeing zavodida 747 modelidagi samolyotni yig‘ish jarayoni, 1969 yil oktabr. Foto: Collection Bernard Crochet / Photo12 / Universal Images Group / Getty ImagesEverett shahridagi Boeing zavodida 747 modelidagi samolyotni yig‘ish jarayoni, 1969 yil oktabr. Foto: Collection Bernard Crochet / Photo12 / Universal Images Group / Getty Images

Boeing 747 samolyotining Le-Burje aviasalonidagi taqdimoti. 1969 yil iyun. Foto: AFP / Scanpix / LETABoeing 747 samolyotining Le-Burje aviasalonidagi taqdimoti. 1969 yil iyun. Foto: AFP / Scanpix / LETA

Boeing 747 samolyoti ustiga o‘rnatilgan «Enterprayz» shattlining prototipi Nyu-York uzra parvoz qilmoqda. 1983 yil iyun. Foto: Richard Drew / AP / Scanpix / LETABoeing 747 samolyoti ustiga o‘rnatilgan «Enterprayz» shattlining prototipi Nyu-York uzra parvoz qilmoqda. 1983 yil iyun. Foto: Richard Drew / AP / Scanpix / LETA

1977 yil martida yuz bergan tarixdagi eng yirik aviahalokat oqibatlari. Tenerife aeroportida KLM aviakompaniyasining havoga ko‘tarilayotgan Boeing 747 layneri Pan Am aviakompaniyasining yo‘lni kesib o‘tayotgan Boeing 747 samolyotiga borib urilgan. Hodisa oqibatida 583 kishi halok bo‘lgan. Shu vaqtgacha jami 64 ta Boeing 747 yo‘qotilgan bo‘lib, ushbu samolyot bilan bog‘liq hodisalarda 3800 dan ortiq odam qurbon bo‘lgan. Rainer Binder / ullstein bild / Getty Images1977 yil martida yuz bergan tarixdagi eng yirik aviahalokat oqibatlari. Tenerife aeroportida KLM aviakompaniyasining havoga ko‘tarilayotgan Boeing 747 layneri Pan Am aviakompaniyasining yo‘lni kesib o‘tayotgan Boeing 747 samolyotiga borib urilgan. Hodisa oqibatida 583 kishi halok bo‘lgan. Shu vaqtgacha jami 64 ta Boeing 747 yo‘qotilgan bo‘lib, ushbu samolyot bilan bog‘liq hodisalarda 3800 dan ortiq odam qurbon bo‘lgan. Rainer Binder / ullstein bild / Getty Images

Janubiy Koreyaning Boeing 747 layneri Saxalin ustida sovet qiruvchi samolyoti urib tushirilganiga bag‘ishlangan matbuot anjumani, 1983 yil sentabr. Yo‘lovchi samolyoti SSSR havo hududini buzib kirgan va shundan so‘ng urib tushirilgan — sovet davlati rasmiylari yo‘lovchi samolyot tomonidan qoidabuzarlik qasddan sodir etilgani va undan razvedka maqsadlari ko‘zlanganini ta’kidlagan. Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti reysning yo‘nalishdan chetga chiqib ketishiga eng asosiy ehtimoliy sabab noto‘g‘ri sozlangan avtopilot bo‘lishi mumkin, degan xulosaga kelgan. Foto: Boris Kavashkin, Valentin Cheredinsev / TASSJanubiy Koreyaning Boeing 747 layneri Saxalin ustida sovet qiruvchi samolyoti urib tushirilganiga bag‘ishlangan matbuot anjumani, 1983 yil sentabr. Yo‘lovchi samolyoti SSSR havo hududini buzib kirgan va shundan so‘ng urib tushirilgan — sovet davlati rasmiylari yo‘lovchi samolyot tomonidan qoidabuzarlik qasddan sodir etilgani va undan razvedka maqsadlari ko‘zlanganini ta’kidlagan. Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti reysning yo‘nalishdan chetga chiqib ketishiga eng asosiy ehtimoliy sabab noto‘g‘ri sozlangan avtopilot bo‘lishi mumkin, degan xulosaga kelgan. Foto: Boris Kavashkin, Valentin Cheredinsev / TASS

Pan Am aviakompaniyasining Lokerbi (Shotlandiya) osmonida portlatib yuborilgan Boeing 747 samolyoti. Aniqlanishicha, aviahalokat samolyotning bagaj bo‘lmasiga joylashtirilgan bombaning portlashi oqibatida yuz bergan, portlash Liviya maxsus xizmatlari tomonidan uyushtirilgan. Muammar Kaddafining Liviyasi teraktning ehtimoliy tashkilotchilarini tergov organlariga topshirgan, ammo portlash uchun javobgarlikni rasman tan olishdan bosh tortgan. Shundan so‘ng Liviyaga nisbatan sanksiyalar joriy etilgan, ushbu sanksiyalarning yechilishi evaziga Liviya aviahalokat oqibatida halok bo‘lganlar uchun tovon pullari to‘lashga rozi bo‘lgan. Foto: Christopher Pillitz / Getty ImagesPan Am aviakompaniyasining Lokerbi (Shotlandiya) osmonida portlatib yuborilgan Boeing 747 samolyoti. Aniqlanishicha, aviahalokat samolyotning bagaj bo‘lmasiga joylashtirilgan bombaning portlashi oqibatida yuz bergan, portlash Liviya maxsus xizmatlari tomonidan uyushtirilgan. Muammar Kaddafining Liviyasi teraktning ehtimoliy tashkilotchilarini tergov organlariga topshirgan, ammo portlash uchun javobgarlikni rasman tan olishdan bosh tortgan. Shundan so‘ng Liviyaga nisbatan sanksiyalar joriy etilgan, ushbu sanksiyalarning yechilishi evaziga Liviya aviahalokat oqibatida halok bo‘lganlar uchun tovon pullari to‘lashga rozi bo‘lgan. Foto: Christopher Pillitz / Getty Images

Kuwait Airways aviakompaniyasining 1988 yil aprelida livanlik terrorchilar tomonidan olib qochilgan Bangkok-Kuvayt reysi yo‘lovchilari. Samolyot o‘g‘rilari Kuvayt rahbarlaridan besh yil avval yuz bergan teraktlarni uyushtirishda gumonlangan 17 nafar shia musulmonlarini ozod etishni talab qilgan. Oradan 16 kun ular Jazoir rasmiylariga taslim bo‘lgan. Hodisa oqibatida garovga olingan 112 kishining ikki nafari halok bo‘lgan. Foto: Mike Nelson / AFP / Scanpix / LETAKuwait Airways aviakompaniyasining 1988 yil aprelida livanlik terrorchilar tomonidan olib qochilgan Bangkok-Kuvayt reysi yo‘lovchilari. Samolyot o‘g‘rilari Kuvayt rahbarlaridan besh yil avval yuz bergan teraktlarni uyushtirishda gumonlangan 17 nafar shia musulmonlarini ozod etishni talab qilgan. Oradan 16 kun ular Jazoir rasmiylariga taslim bo‘lgan. Hodisa oqibatida garovga olingan 112 kishining ikki nafari halok bo‘lgan. Foto: Mike Nelson / AFP / Scanpix / LETA

KLM aviakompaniyasining Boeing 747 samolyoti Karib dengizidagi San-Marten oroli aeroportiga qo‘nmoqda. Bu aeroportdagi uchish-qo‘nish yo‘lagi qisqa bo‘lgani uchun Boeing 747 laynerlari u yerdan to‘liq yonilg‘i to‘ldirgan holda ucha olmasdi. Shu sababli bu rusumdagi KLM samolyotlari yonilg‘ining eng kam miqdori bilan qo‘shni Kyurasao oroliga uchar, u yerda to‘liq yonilg‘i olib, so‘ng Amsterdam tomon yo‘l olardi. Foto: EQRoy / Shutterstock.comKLM aviakompaniyasining Boeing 747 samolyoti Karib dengizidagi San-Marten oroli aeroportiga qo‘nmoqda. Bu aeroportdagi uchish-qo‘nish yo‘lagi qisqa bo‘lgani uchun Boeing 747 laynerlari u yerdan to‘liq yonilg‘i to‘ldirgan holda ucha olmasdi. Shu sababli bu rusumdagi KLM samolyotlari yonilg‘ining eng kam miqdori bilan qo‘shni Kyurasao oroliga uchar, u yerda to‘liq yonilg‘i olib, so‘ng Amsterdam tomon yo‘l olardi. Foto: EQRoy / Shutterstock.com

«Qattiq yong‘oq-2» filmida Boeing 747 samolyotining qanotiga chiqib qolgan Bryus Uillis. Syujetga ko‘ra, Uillis gavdalantirgan qahramon serjant Jon Makkleyn filmning bosh antagonistlari bilan birga havoga ko‘tarilayotgan samolyot qanotiga sakrab chiqib olishi va yoqilg‘ini to‘kish klapanini ochib yuborishi kerak edi. So‘ng qanotdan sakrab tushib, u samolyot qoldirayotgan yoqilg‘i iziga o‘t qo‘yadi. Foto: ddp / Vida Press«Qattiq yong‘oq-2» filmida Boeing 747 samolyotining qanotiga chiqib qolgan Bryus Uillis. Syujetga ko‘ra, Uillis gavdalantirgan qahramon serjant Jon Makkleyn filmning bosh antagonistlari bilan birga havoga ko‘tarilayotgan samolyot qanotiga sakrab chiqib olishi va yoqilg‘ini to‘kish klapanini ochib yuborishi kerak edi. So‘ng qanotdan sakrab tushib, u samolyot qoldirayotgan yoqilg‘i iziga o‘t qo‘yadi. Foto: ddp / Vida Press

«Sahrodagi bo‘ron» operatsiyasi vaqtida Saudiya Arabistoniga joylashtirilgan amerikalik askarlar, 1990 yil. Boeing 747 samolyotlari AQSh Mudofaa vazirligining 24 aviakompaniyani qamrab olgan Civil Reserve Air Fleet shartnomaviy tizimining asosi edi. Civil Reserve Air Fleet tizimidan so‘nggi bor 2021 yilda — AQSh armiyasini Afg‘onistondan evakuatsiya qilish vaqtida foydalanilgan edi. Foto: AQSh Mudofaa vazirligi / Getty Images«Sahrodagi bo‘ron» operatsiyasi vaqtida Saudiya Arabistoniga joylashtirilgan amerikalik askarlar, 1990 yil. Boeing 747 samolyotlari AQSh Mudofaa vazirligining 24 aviakompaniyani qamrab olgan Civil Reserve Air Fleet shartnomaviy tizimining asosi edi. Civil Reserve Air Fleet tizimidan so‘nggi bor 2021 yilda — AQSh armiyasini Afg‘onistondan evakuatsiya qilish vaqtida foydalanilgan edi. Foto: AQSh Mudofaa vazirligi / Getty Images

AQSh prezidenti (kichik) Jorj Bush va Oq uy ma’muriyati rahbari Endryu Kardom 2001 yil 11 sentabr teraktlari yuz bergan kunda harbiy-havo kuchlarining Nebraska shtatidagi Omaha bazasiga VC-25 Air Force One samolyoti (Boeing 747−200 ning modernizatsiya qilingan varianti)da uchish vaqtida. Foto: Doug Mills / EPA / Scanpix / LETAAQSh prezidenti (kichik) Jorj Bush va Oq uy ma’muriyati rahbari Endryu Kardom 2001 yil 11 sentabr teraktlari yuz bergan kunda harbiy-havo kuchlarining Nebraska shtatidagi Omaha bazasiga VC-25 Air Force One samolyoti (Boeing 747−200 ning modernizatsiya qilingan varianti)da uchish vaqtida. Foto: Doug Mills / EPA / Scanpix / LETA

AQSh prezidenti Barak Obamaning Boeing 747 samolyoti 2016 yil 20 mart kuni Gavana aeroportiga qo‘nishi arafasida. Bu AQSh prezidentining Kubaga so‘nggi 88 yilda amalga oshirgan dastlabki tashrifi edi. Foto: Alberto Reyes / Reuters / Scanpix / LETAAQSh prezidenti Barak Obamaning Boeing 747 samolyoti 2016 yil 20 mart kuni Gavana aeroportiga qo‘nishi arafasida. Bu AQSh prezidentining Kubaga so‘nggi 88 yilda amalga oshirgan dastlabki tashrifi edi. Foto: Alberto Reyes / Reuters / Scanpix / LETA

Modifikatsiya qilingan Boeing 747 E-4B samolyoti uchuvchisi havoda yoqilg‘i quyish vaqtida, 2011 yil aprel. Boeing 747 ning «Qiyomat kuni samolyoti» deb ham ta’riflanadigan mazkur modifikatsiyasi AQSh oliy qo‘mondonligining havodagi boshqaruv punkti hisoblanadi. Foto: Chip Somodevilla / Getty ImagesModifikatsiya qilingan Boeing 747 E-4B samolyoti uchuvchisi havoda yoqilg‘i quyish vaqtida, 2011 yil aprel. Boeing 747 ning «Qiyomat kuni samolyoti» deb ham ta’riflanadigan mazkur modifikatsiyasi AQSh oliy qo‘mondonligining havodagi boshqaruv punkti hisoblanadi. Foto: Chip Somodevilla / Getty Images

Saudiya shahzodasi Al-Valid bin Talalga tegishli Boeing 747 samolyoti saloni. 2010 yil. Foto: Waseem Obaidi / Bloomberg / Getty ImagesSaudiya shahzodasi Al-Valid bin Talalga tegishli Boeing 747 samolyoti saloni. 2010 yil. Foto: Waseem Obaidi / Bloomberg / Getty Images

Leypsig aeroportida Porsche Cayenne avtomobilini Boeing 747−200 samolyotiga ortish jarayoni. 2003 yil may. Foto: Eckehard Schulz / AP / Scanpix / LETALeypsig aeroportida Porsche Cayenne avtomobilini Boeing 747−200 samolyotiga ortish jarayoni. 2003 yil may. Foto: Eckehard Schulz / AP / Scanpix / LETA

Vladivostok aeroportidagi old qismi Amur yo‘lbarsi tasviri bilan bezatilgan «Transaero» aviakompaniyasining Boeing 747 samolyoti, 2016 yil sentabr. «Transaero» yopilgach, ushbu layner dastlab Ispaniya aeroportida bir necha yil turdi, keyin «yuk tashuvchi»ga aylantirilib BAAga yuborildi, hozir esa Moldovaning Terra Avia kompaniyasiga xizmat qilmoqda.Vladivostok aeroportidagi old qismi Amur yo‘lbarsi tasviri bilan bezatilgan «Transaero» aviakompaniyasining Boeing 747 samolyoti, 2016 yil sentabr. «Transaero» yopilgach, ushbu layner dastlab Ispaniya aeroportida bir necha yil turdi, keyin «yuk tashuvchi»ga aylantirilib BAAga yuborildi, hozir esa Moldovaning Terra Avia kompaniyasiga xizmat qilmoqda.

2016 yilning 1 iyun kuni Berlinning Shyonefeld aeroportidan havoga ko‘tarilayotgan Iron Maiden metal-guruhiga tegishli Boeing 747 samolyoti. Germaniya poytaxtida bir kun avval bo‘lib o‘tgan konsert dasturidan so‘ng guruh Jenevadagi navbatdagi shouga yo‘l olgan. Samolyot shturvalida guruhning uchuvchilik guvohnomasiga ega solisti Bryus Dikkinson. Foto: Sean Gallup / Getty Images2016 yilning 1 iyun kuni Berlinning Shyonefeld aeroportidan havoga ko‘tarilayotgan Iron Maiden metal-guruhiga tegishli Boeing 747 samolyoti. Germaniya poytaxtida bir kun avval bo‘lib o‘tgan konsert dasturidan so‘ng guruh Jenevadagi navbatdagi shouga yo‘l olgan. Samolyot shturvalida guruhning uchuvchilik guvohnomasiga ega solisti Bryus Dikkinson. Foto: Sean Gallup / Getty Images

Boeing 747 Supertanker Kaliforniyadagi o‘rmon yong‘inini o‘chirmoqda. 2017 yil. Foto: Noah Berger / Reuters / Scanpix / LETABoeing 747 Supertanker Kaliforniyadagi o‘rmon yong‘inini o‘chirmoqda. 2017 yil. Foto: Noah Berger / Reuters / Scanpix / LETA

O‘zbekistonning My Freighter aviakompaniyasiga tegishli Boeing 747−281 samolyoti old qismidagi «darvozasi»ni yopish vaqtida. 2022 yil, 23 oktabr, Toshkent. Kadr: Telegram / Aerospace LadO‘zbekistonning My Freighter aviakompaniyasiga tegishli Boeing 747−281 samolyoti old qismidagi «darvozasi»ni yopish vaqtida. 2022 yil, 23 oktabr, Toshkent. Kadr: Telegram / Aerospace Lad

Everett zavodidagi so‘nggi Boeing 747. 2023 yil, 31 yanvar. Foto: Chona Kasinger / Bloomberg / Getty ImagesEverett zavodidagi so‘nggi Boeing 747. 2023 yil, 31 yanvar. Foto: Chona Kasinger / Bloomberg / Getty Images

Arizonadagi cho‘lda saqlash uchun qoldirilgan qanotsiz va quyruqsiz Boeing 747−300. Foto: Witold Skrypczak / Alamy / Vida PressArizonadagi cho‘lda saqlash uchun qoldirilgan qanotsiz va quyruqsiz Boeing 747−300. Foto: Witold Skrypczak / Alamy / Vida Press