Texnologiyalar

IT-parkda ilk osmono‘par binolar foydalanishga topshirildi (foto)
27 avgust 2022, 20:28

IT-parkda ilk osmono‘par binolar foydalanishga topshirildi (foto)

Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida qurilayotgan IT-parkda dastlabki 20, 22 va 25 qavatli binolar foydalanishga topshirildi. Ularda «Aloqabank» va «O‘zbektelekom» joylashgan. Kelgusida bu yerga AKT vazirligi va sanoat korxonalari ko‘chiriladi. Prezident osmono‘par binolardan birining tomiga ko‘tarildi. Foto.

Prezident mamlakatni raqamlashtirishning «yuragi»ga tashrif buyurdi (foto)
27 avgust 2022, 15:46

Prezident mamlakatni raqamlashtirishning «yuragi»ga tashrif buyurdi (foto)

Toshkent viloyati Zangiota tumanida «Elektron hukumat» tizimi ma’lumotlarini saqlash va qayta ishlash yagona markazi bunyod etildi. 20 petabayt xotiraga ega tizim ma’lumotlarni saqlash va texnik qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini kamaytiradi. Prezident markazni mamlakatni raqamlashtirishning «yuragi» deb atadi.

Twitter va boshqa ijtimoiy tarmoqlar blokdan chiqarildi
1 avgust 2022, 17:07

Twitter va boshqa ijtimoiy tarmoqlar blokdan chiqarildi

AKT vazirligi O‘zbekistonda o‘tgan yilning yozidan beri blokda bo‘lgan Twitter, «Vkontakte» tarmoqlari hamda WeChat messenjeridan foydalanish bo‘yicha cheklov olib tashlanganini ma’lum qildi. TikTok platformasiga kirish esa hozircha tiklanmadi.

IT-mutaxassislar uchun sovrini $1 mlnlik prezident tanlovi o‘tkaziladi
1 avgust 2022, 12:51

IT-mutaxassislar uchun sovrini $1 mlnlik prezident tanlovi o‘tkaziladi

Inha universiteti talabasi Yasmina Ablayeva Shavkat Mirziyoyev bilan suhbatda har yili IT-muxatassislar uchun prezident tanlovini o‘tkazish taklifini bildirdi. Davlat rahbari buning uchun $1 mlnlik ajratilishini ma’lum qildi. «Biz bu pulni topib, tanlovni e’lon qilishga harakat qilamiz», — dedi prezident.

O‘zbekiston mobil internet narxi arzon bo‘lgan 20 ta davlat qatoriga kirdi
25 iyul 2022, 12:13

O‘zbekiston mobil internet narxi arzon bo‘lgan 20 ta davlat qatoriga kirdi

O‘zbekiston mobil internet narxining arzonligi bo‘yicha dunyoda 15-o‘ringa chiqdi. Mamlakatda 1 GB mobil internetning o‘rtacha narxi yil davomida deyarli 40 foizga, uch yil ichida esa qariyb 9 martaga arzonlashgan.

Samarqandda 5G tarmog‘i sinovdan o‘tkazilmoqda
22 iyul 2022, 10:19

Samarqandda 5G tarmog‘i sinovdan o‘tkazilmoqda

Samarqand turizm markazida 5G mobil aloqa tarmog‘i sinovdan o‘tkazilmoqda, deya ma’lum qildi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov.

Foto: Koinotning inja go‘zalligi James Webb nigohida
13 iyul 2022, 10:57

Foto: Koinotning inja go‘zalligi James Webb nigohida

NASA eng kuchli James Webb kosmik teleskopi tomonidan olingan ilk suratlarni e’lon qildi. Ularda — koinot qa’rining olis yoshligi: yulduzlar va galaktikalarning tug‘ilishi va o‘limi, qora tuynuklar hamda ulkan kosmik chang bulutlari aks etgan.

Ilon Mask Twitter bilan kelishuvdan voz kechishga qaror qildi
11 iyul 2022, 17:36

Ilon Mask Twitter bilan kelishuvdan voz kechishga qaror qildi

Milliarder Ilon Mask Twitter kompaniyasi platformadagi soxta akkauntlar soni haqida aniq ma’lumot bermagani uchun ijtimoiy tarmoqni sotib olmaslikka qaror qildi. Twitter xarid bo‘yicha kelishuv shartlarini bajartirishga erishish uchun Maskni sudga bermoqchi.

Xalqaro IT sertifikatlarini olgan yoshlarga xarajatlarning yarmigacha kompensatsiya to‘lanadi
8 iyul 2022, 18:00

Xalqaro IT sertifikatlarini olgan yoshlarga xarajatlarning yarmigacha kompensatsiya to‘lanadi

Xalqaro IT-sertifikatlarini olgan 14−30 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari sarflangan mablag‘ning 50 foizigacha kompensatsiya olishlari mumkin. Bunda kompensatsiya miqdori sertifikatning darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Kompensatsiya olish uchun arizalarni onlayn tarzda my.gov.uz portali orqali yuborish kerak.

O‘zbekcha Vikipediyada maqolalar soni 150 mingtadan oshdi
5 iyul 2022, 11:22

O‘zbekcha Vikipediyada maqolalar soni 150 mingtadan oshdi

3 iyulga kelib o‘zbekcha Wikipedia`ga 150 mingdan ortiq o‘zbek tilida maqolalar joylandi va u reytingda 58 o‘rinda ketmoqda. WikiStipendiya loyihasi boshlangandan keyin 4247 ta maqola qo‘shilgan. Ushbu maqolalarning deyarli barchasi bot yordamida emas, balki foydalanuvchilar tomonidan yaratilgani aytilmoqda.

Anomal issiqda avtomobilni qanday saqlash kerak — UzAuto Motors tavsiyalari
28 iyun 2022, 18:46

Anomal issiqda avtomobilni qanday saqlash kerak — UzAuto Motors tavsiyalari

UzAutoMotors anomal issiqda mashinalarni quyosh nuridan saqlash, unga yoqilg‘i quyish, motorlarini asrash, havo harorati ta’sirini kamaytirish va boshqalar bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Apple va Coursera vakillari bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
25 iyun 2022, 12:41

Apple va Coursera vakillari bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

AKT vaziri Apple kompaniyasi vakillari bilan O‘zbekistonda ApplePay tizimini joriy etish, 5G tarmoqlarida iPhonedan foydalanish imkoniyatini kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Coursera ta’lim platformasi vakillari bilan o‘zbekistonlik yoshlariga IT kasblarini o‘qitishni yo‘lga qo‘yish kelishildi.

Toshkentda startaplarni qo‘llash uchun Plug and Play markazi ochiladi
23 iyun 2022, 17:33

Toshkentda startaplarni qo‘llash uchun Plug and Play markazi ochiladi

Toshkentda startaplarni qo‘llab-quvvatlash uchun Plug and Play markazi tashkil etiladi. AKT vaziri Sherzod Shermatovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu markaz startaplarni saralab, ularni o‘sishiga yordam beradi, katta korporatsiyalar bilan bog‘laydi hamda venchur kapital sarmoyalarini jalb etishga ko‘maklashadi.

Pandemiyadan keyin trendga chiqqan 8 ta soha
22 iyun 2022, 16:48

Pandemiyadan keyin trendga chiqqan 8 ta soha

Pandemiyadan so‘ng, aniqrog‘i 2022 yilda yangi trendlar yuzaga keldi. Misol uchun, metaborliq, blokcheyn, telemeditsina, 3D bosma kabi sohalarga bo‘lgan qiziqish ortdi. «Gazeta.uz» 8 ta eng ilg‘or o‘sib borayotgan sohalarning bozordagi o‘rni va hajmi haqidagi ma’lumotlarni to‘pladi.

Telegram o‘zining Premium obunasini taqdim etdi — unda qanday imkoniyatlar mavjud?
20 iyun 2022, 14:03

Telegram o‘zining Premium obunasini taqdim etdi — unda qanday imkoniyatlar mavjud?

Telegram tarmog‘ida oylik faol foydalanuvchilar soni 700 mln ga yetdi. Ushbu munosabat bilan messenjer o‘zining Premium obunasini taqdim etdi. Xo‘sh, uning bepul Telegram versiyasidan farqi nimada?

Toshkent shahridagi attraksionlarning 75 foizi nosozligi aniqlandi
15 iyun 2022, 16:24

Toshkent shahridagi attraksionlarning 75 foizi nosozligi aniqlandi

O‘zbekistondagi barcha madaniyat va istirohat bog‘laridagi 1879 ta attraksionning 574 tasi texnik nosoz ekanligi aniqlandi. Shundan eng ko‘pi Qoraqalpog‘iston, Andijon, Farg‘ona, Qashqadaryo va Namangan hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Poytaxtda esa 52 dona attraksionning 39 tasi (75%) yaroqsizligi ma’lum bo‘ldi.

M2 protsessori, yangi MacBook va soatlar — Apple onlayn anjumanida nimalarni taqdim etdi?
7 iyun 2022, 19:00

M2 protsessori, yangi MacBook va soatlar — Apple onlayn anjumanida nimalarni taqdim etdi?

Apple yangi dizayndagi MacBook Air va MacBook Pro noutbuklari, yangi operatsion tizimlar, Watch OS 9 soatlari hamda uzoq kutilgan M2 protsessorini taqdim etdi.

“Metaverse” o‘zi nima va undan nima kutish mumkin?
27 may 2022, 20:00

“Metaverse” o‘zi nima va undan nima kutish mumkin?

Metaverse, o‘zimizning tilda aytganda metaborliq yoki metamakon — o‘zi nima? Bu g‘oya qanday paydo bo‘lgan? Nega Facebook o‘z strategiyasini metaborliq g‘oyasiga qaratdi? Metaborliqdan kelajakda nima kutish mumkin?

Pay Way O‘zbekistonda komissiyasiz pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ydi
26 may 2022, 11:00

Pay Way O‘zbekistonda komissiyasiz pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ydi

O‘zbekistonda Pay Way to‘lov tizimi ish boshladi. Yangi xizmat ko‘rsatish tizimi chet elga bir zumda va komissiyasiz pul o‘tkazishga yordam beradi.

NFT nima va u qanday paydo bo‘lgan?
16 may 2022, 18:26

NFT nima va u qanday paydo bo‘lgan?

Oxirgi ikki yil ichida rassomlar, musiqachilar va kriptotreyderlar orasida NFT atamasi eng qiziqarli mavzulardan biriga aylangan. NFT o‘zi nima? Nega NFT atrofida bunchalik ko‘p shov-shuvlar yuzaga kelmoqda? U qanday paydo bo‘lgan? Quyidagi maqolada «Gazeta.uz» ushbu savollarga javob beradi.

Eng ko‘p o‘qilgan xabarlar | So‘nggi yangiliklar


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting