Toshkent viloyatida sodir bo‘lgan YTHda 16 qiz vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga xabar berdi.

Unga ko‘ra, 20 avgust kuni haydovchi U.A (1994 y. t.) davlat raqami 10 020 DAV bo‘lgan Captiva avtomashinasida 2005 yilda tug‘ilgan qizni urib yuborgan.

Olingan jarohatlar tufayli qiz kasalxonaga olib ketilayotganda vafot etgan.

Bosh prokuratura U.A Yuqorichirchiq tumani hokimining haydovchisi ekanligini tasdiqladi.

Mazkur holat bo‘yicha, Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Yuqorichirchiq tuman IIB tomonidan tergov harakatlari olib bormoqda.