Namanganda YTH oqibatida 3-sinf o‘quvchisi vafot etdi, deya xabar bermoqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati.

Holat 13 sentabr kuni soat 18:40 larda Namangan shahar Kelajak tongi mahallasidagi Chortoq ko‘chasida sodir bo‘lgan. “VAZ-21011” haydovchisi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan 63-sonli maktabning 3-sinf o‘quvchisini urib yuborgan.

Oqibatda piyoda bosh miya chayqalishi, bosh miya yopiq sinishi, o‘ng oyoq boldir suyagining sinishi tashxisi bilan tuman shifoxonasida vafot etgan.

Holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.