Toshkent viloyati IIBB YHXB mutaxassislarining tahlillariga ko‘ra, joriy yil boshidan buyon sodir bo‘lgan YTHlarning 21%ini Damas rusumli avtomobillar ishtirokida sodir bo‘lgani aniqlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, mazkur YTHlar ooqibatida 25 nafar fuqoro vafot etgan.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Damas rusumli avtoulovlarni aksariyat 20−30 yoshlardagi fuqorolar boshqaradi.

YTHlar tuman-shaharlar kesimida tahlil qilinganda, Olmaliq shahrida sodir bo‘lgan YTHlarning 42 foizi, Quyi Chirchiq tumanida 35 foizini aynan Damas rusumli avtoulovlarda sodir etilgani ma’lum bo‘lgan.

Toshkent viloyati IIBB YHXB YPX inspektorlari tomonidan o‘tgan 3 kun mobaynida (mazkur statistika 11 sentabr kuni e’lon qilingan) 218 ta Damas rusumli avtoulovlarni hujjatsiz, texnik nosozligi, litsenziyasiz yo‘lovchi tashigani, belgilangan jarimani 60 kun muddatda to‘lamagani va boshqa qoidabuzarlik sodir etgani uchun qonuniy ravishda jarima maydoniga joylashtirilgan.