Toshloq tumani Qashqar qishlog‘i hududidan o‘tgan Zarkent-Qal'acha avtomobil yo‘lining 1-kilometrida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Yoshlar telekanali xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Matiz haydovchisi o‘ziga nisbatan bitta yo‘nalishda harakat qilib kelayotgan Nexia`ni quvib o‘tmoqchi bo‘lgan. Matiz avtomashnasi quvib o‘tish qoidasini buzib harakatlanayotganda yo‘l chetidagi 13 yoshli qizni urib ketgan va Nexia bilan to‘qnashgan.

Oqibatda piyoda tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Hozirda tezkor tergov guruhi hamda mutasaddi xodimlari bilan birgalikda voqea tafsilotlari o‘rganilmoqda.