13 avgust kuni soat 05:30 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, TXAY ko‘chasida joylashgan “Bek to‘pi” savdo markazi ro‘parasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi (video). Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Haydovchi N.I. (1992 y.t.) boshqaruvidagi “VOLVO” rusumli yuk avtomobili hamda haydovchi, A.F. (1988 y.t.) boshqaruvidagi “ZOOMLION” rusumli avtokran to‘qnashgan.

Natijada avtokran haydovchisi A.F.ga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, hodisa joyida tirbandliklarni bartaraf qilish choralari ko‘rilmoqda.