10 avgust kuni soat 07:10 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumanida «Gazel» va Lacetti avtotransportlari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda YHXBB.

Ma’lumotga ko‘ra, Bunyodkor va Do‘mbirobod ko‘chalari kesishgan chorrahada haydovchi Sh. G. (1983 y.t.) boshqaruvidagi «Gazel» rusumli hamda haydovchi K.Yu. (1952 y.t.) boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomobillar to‘qnashgan.

Natijada, «Gazel» avtomobili haydovchisi va olti nafar yo‘lovchisiga, shuningdek Lacetti avtomobilining bir nafar yo‘lovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.