Pastdarg‘omda 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Hodisa 17 avgust kuni soat 10:30 larda, Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumani hududidan o‘tgan 4R-46 avtomobil yo‘lining 22-kilometrida sodir bo‘lgan.

Haydovchi A.Ya. (1961 y.t.) Lacetti rusumli avtomobilda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi oqibatida, haydovchi X.B. (1986 y.t.) boshqaruvidagi «Vaz-21063» rusumli, haydovchi Sh. M. (1992 y.t.) boshqaruvidagi «Vaz-21011» rusumli hamda haydovchi G‘.X. (1981 y.t.) boshqaruvidagi Damas rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Natijada, «Vaz-21011» rusumli avtomobil yo‘lovchisi Z.B. og‘ir tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, ikki nafar fuqaro tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Pastdarg‘om tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.