4 avgust kuni soat 13:00 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, I.Karimov va Olmazor ko‘chalari kesishgan chorrahada YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Haydovchi B.Sh. (1979 y.t.) boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomobil hamda haydovchi A.R. (1974 y.t.) boshqaruvidagi Ford rusumli tez tibbiy yordam avtomobili ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Natijada Ford rusumli tez tibbiy yordam avtomobili yo‘lovchisi shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.