Olmaliq shahridagi 21-maktab yonida Damas urib ketgan 14 yoshli o‘quvchi qizlardan biri vafot etdi. Bu ma’lumotni “Gazeta.uz”ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov tasdiqladi.

YTH 15-may kuni haydovchining svetoforning qizil chirog‘idan o‘tib ketib, chorrahada yo‘lni kesib o‘tayotgan o‘quvchi qizlarni urib yuborgani sababli sodir bo‘lgan. O‘shanda jabrlanganlar Olmaliq markaziy shifoxonasiga yetkazilgan.

Damas urib yuborgan ikkinchi jabrlanuvchi shifoxonada davolanmoqda va unga yaqin orada uyga ruxsat beriladi, deyiladi Bosh prokuratura xabarida. Tergov davom etmoqda.