16-may kuni Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida sodir bo‘lgan YTHda ikki nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Samara-Chimkent avtomobil yo‘lining 824-kilometrida Toyota RAV-4 va Lacetti avtomobillari to‘qnashgan. Oqibatda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan Lacetti haydovchisi va yo‘lovchisi voqea joyida halok bo‘lgan.

йтҳ, o‘zbekistonlik, қозоғистон

Shuningdek, mashinada bo‘lgan yana uch nafar yo‘lovchi va Toyota avtomobilidagi er-xotin hamda ularning 5 yoshli bolasi shifoxonaga yetkazilgan.

Vazirlki xabariga ko‘ra, holat yuzasidan tergov harakatlari boshlangan.