5-may kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida 2 avtomobil to‘qnashishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Soat taxminan 13:30 da tumanning “Xonobod” MFY hududida B.M. Nexia-3 avtomobilini Shahrisabz-Qarshi yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib kelayotgan bo‘lgan. Shu vaqtda qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan, haydovchi J.A. boshqaruvidagi Nexia-2 bilan to‘qnashib, YTH sodir etgan.

Oqibatda Nexia-2 avtomashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan 2 fuqaro jarohat olib, hodisa joyida vafot etgan, bir nafari jarohat olib, shifoxonaga tushgan. Nexia-3 haydovchisi ham tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish oqibatida odam o‘limiga sabab bo‘lish) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.