Namangan shahri Davlatobod tumanida 24-may kuni sodir bo‘lgan YTHda bir kishi vafot etdi, deb xabar berdi viloyat Ichki ishlar boshqarmasi.

Soat 22:45 da tumanning Islom Karimov ko‘chasida 1998-yilda tug‘ilgan fuqaro Nexia-2 rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan bo‘lgan. U harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘ldan o‘tayotgan 2 piyodani (1999 va 2002-yillarda tug‘ilgan) urib yuborgan.

Hodisa oqibatida piyodalar og‘ir tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, ulardan biri vafot etgan.

Holat yuzasidan shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini odam o‘lishiga sabab bo‘lgan holda buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.