20-may kuni soat 08:00 atrofida A380 G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu avtomobil yo‘lining 750-kilometrida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi deya xabar bermoqda Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.

43 yoshli fuqaro boshqaruvidagi Cobalt yo‘nalishida oldinda harakatlanib ketayotgan KamAZ yuk mashinasining orqa qismiga borib urilgan. Katta tezlikda kelgan yengil mashinani KamAZ haydovchisi ilg‘ashga ham ulgurmagan.

YHXB ma’lumotlariga ko‘ra, halokat oqibatida Cobalt yo‘lovchilaridan biri voqea joyida, ikkinchisi esa shifoxonada vafot etgan. Qurbonlarning biri 20 yoshga to‘lmagan bo‘lgan. Hozirda haydovchi ham shifoxonada ekani aytilmoqda.