22-aprel kuni Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida YTH oqibatida 5 kishi emas, 2 kishi vafot etgan, deb xabar bermoqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati.

Ijtimoiy tarmoqlarda bu voqea sababli 5 kishi vafot etgani aytilgan xabar tarqalgan, shundan so‘ng holat IIB tomonidan o‘rganib chiqilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, shu kuni 1998-yilda tug‘ilgan A.T. Gentra avtomashinasini shaharning Turkiston-Po‘stindo‘z ko‘chalari kesishgan chorrahada boshqarib kelayotgan vaqtda 1972-yilda tug‘ilgan B.X. boshqaruvidagi Mercedes-Benz 2-darajali yo‘ldan chiqib kelgan, oqibatda YTX sodir bo‘lgan.

Voqea sababli Mercedes-Benz mashinasida bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchi og‘ir jarohat olib, vafot etgan. Haydovchilar esa jarohatlari bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.