16-may kuni Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi Lutfiy ko‘chasida sodir bo‘lgan YTH oqibatida maktab o‘quvchisi vafot etdi, deya xabar bermoqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati.

O‘sha kuni soat 19:00 atrofida 31 yoshli haydovchi ishonch qog‘ozi asosida Matiz avtomashinasida harakatlanib, tartibga solinmagan piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Oqibatda 12 yoshli piyoda — maktab o‘quvchisi E.Q. olgan jarohatlari sababli kasalxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.

Holat yuzasidan shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov davom etmoqda.