Xorazm viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bolalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarining oldini olishning yangi usullarini joriy etishni davom ettirmoqda.

Viloyat YHXB matbuot xizmati reportajida aytilishicha, yangi usul “ilg‘or rivojlangan davlatlar tajribasi” asosida ishlab chiqilgan.

йтҳ, йҳхх, хоразм viloyati

Urganch shahrining maktab va bog‘chalar yonidagi gavjum ko‘cha va chorrahalarida “yangi turdagi” gorizontal belgilar qo‘yildi. Ular aylana shaklida bo‘lib, ichida ikkita oyoq izi va STOP yozuvi bor va sariq bo‘yoq bilan chizilgan. Ko‘chaning o‘rtasida xuddi shu belgilar oq fonda qo‘llanadi.

йтҳ, йҳхх, хоразм viloyati

Xabarda aytilishicha, maktablarda o‘quvchilarga to‘rt bosqichda ko‘chani kesib o‘tish o‘rgatiladi. Quyida harakat bosqichlari keltirib o‘tiladi.

1. O‘tish joyiga yaqinlashib, bolalar yangi belgida to‘xtab, chapga, keyin esa o‘ngga qarashlari kerak.

йтҳ, йҳхх, хоразм viloyati

йтҳ, йҳхх, хоразм viloyati

2. Tartibga solinmagan chorrahadan transport vositalari to‘liq to‘xtaganiga ishonch hosil qilgandan keyingina yo‘lni kesib o‘tish mumkin.

3. Qo‘llar yuqoriga ko‘tarilib, mashinalar to‘xtaganiga yana bir bor ishonch hosil qilinadi, shundan so‘ng bolalar yo‘ldan o‘tishlari mumkin.

йтҳ, йҳхх, хоразм viloyati

4. O‘tib bo‘lingach, bolalar mashinalarga o‘girilib, “milliy an’analardan kelib chiqqan holda” haydovchilarga minnatdorlik bildirishlari kerak.

йтҳ, йҳхх, хоразм viloyati

Videoda bolalar haydovchilarga ta’zim qilib, ularga tabassum bilan qo‘l silkitishini ko‘rish mumkin.

йтҳ, йҳхх, хоразм viloyati

“O‘quvchilarga yo‘l harakati qoidalari va xavfsiz harakatlanish asoslarini o‘rgatish borasidagi bunday ishlar yosh avlodni yo‘l harakatining madaniyatli ishtirokchisi etib tarbiyalash, bolalar hayotini saqlab qolish, ular ishtirokidagi baxtsiz hodisalarning oldini olishga xizmat qiladi”, — deyiladi xabarda.

Bunday tadbirlar Jizzax viloyatida ham olib borilmoqda.

O‘tgan yili Xorazm YHXB umumiy ovqatlanish, avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari, avtobus saroylari, avtoturargohlar, avtbuslarning yakuniy bekatlari, maktablar oldidagi va boshqa piyodalar o‘tish yo‘laklariga o‘quvchi-piyodalarning mulyajlari o‘rnatilayotgani haqida xabar bergandi.

йтҳ, йҳхх, хоразм viloyati

Unda aytilishicha, “mulyajni ko‘rgan har bir haydovchi piyodalarga, ayniqsa, bolalarga ko‘proq e’tiborli bo‘ladi”, buning natijasida haydovchi “tezlikni me’yoridan oshirmaydi, mast holatda haydamaydi va, albatta, barcha yo‘l harakati qoidalariga rioya qiladi”.

“Gazeta.uz” mas’ul idoralarni “qizg‘in faoliyatni imitatsiya qilish” deb ataladigan ishlarni to‘xtatish hamda ko‘cha va yo‘llarda YTHlar, jarohatlar va o‘limlarning oldini olish uchun butun dunyoda tasdig‘ini topgan usullarni qo‘llashni boshlashga chaqirgan.