2-may kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida Cobalt yonib ketdi, deya xabar bermoqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati.

Soat 02:00 atrofida tumanning Toxir Malik ko‘chasida 2004-yilda tug‘ilgan A.X. boshqaruvida bo‘lgan Cobalt avtomashinasini haydab kelayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va ag‘darilib ketgan. So‘ngra avtoulovida yong‘in kelib chiqqan.

YTH oqibatida haydovchi A.X. tan jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

️Holat yuzasidan Toshkent shahar YHXB hamda hududiy Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.