Qashqadaryo viloyatidan o‘tuvchi 4R-87 Qarshi-Yettitom avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan ikki yo‘l-transport hodisasi soqibatida 6 kishi halok bo‘ldi, deya xabar qilmoqda viloyat IIB axborot xizmati.

10-aprel kuni soat 05:00 larda ushbu yo‘ldan harakatlanib ketayotgan Cobalt haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan. Shu sabab mashina qarama-qarshi tomonga chiqib ketib, o‘z yo‘nalishida kelayotgan Spark bilan to‘qnashgan.

Oqibatda ikki mashina yonib ketgan va ularning haydovchilari hamda yana ikki nafar yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari olib, vafot etgan.

Shuningdek, yuqorida qayd etib o‘tilgan yo‘lda 23-aprel kuni soat 04:40 larda Lacetti o‘zidan oldinda ketayotgan yuk mashinasi orqa tomoniga borib urilib, yonib ketgan.

Hodisa oqibatida Lacetti haydovchisi va yo‘lovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.