22-aprel, shanba kuni Qamchiq dovonida Damas YTHga uchragan yuk mashinasidan qochib, xandaqqa tushib ketdi, deb xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Soat 06:22 da A-373 xalqaro avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismidan o‘tgan 269,4-kilometrida DAF yuk avtomobili Toshkent-vodiy yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan vaqtda boshqaruvi yo‘qotilib, o‘rta temir to‘siqqa urilgan.

Shu harakat yo‘nalishidagi Damas esa yuk mashinasidan qochishi oqibatida xandaqqa tushib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

daf, damas, ЙТҲ, қамчиқ dovoni, ханdaқ

Voqea joyiga FVV qutqaruvchilari yetib borgan va vaziyat oqibatlarini bartaraf etdi.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Hodisa oqibatida yuk mashinasi haydovchisi va Damas avtomobilidagi 2 nafar yo‘lovchi jarohat olib, Pop tumani markaziy shifoxonasiga yuborildi. Halok bo‘lganlar yo‘q.