Farg‘ona viloyati Quvasoy shahrida Qo‘riqlash boshqarmasi tezkor harakatlanuvchi guruh avtomashinasi va tez tibbiy yordam mashinalari o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda Milliy gvardiya matbuot xizmati.

Milliy gvardiya mashinasi Navoiy ko‘chasida harakatlanib ketayotgan vaqtida qarama-qarshi yo‘nalishdagi tez tibbiy yordam bo‘limining Damas avtomashinasi bilan to‘qnashgan.

YTH oqibatida 2 nafar fuqaro yengil va o‘rta darajadagi tan jarohati olgan. Hozirda holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari amalga oshirilmoqda.