1 fevral kuni soat 08:30 atrofida Toshkent shahar Shayxontohur tumanida Captiva avtomobilida yong‘in yuzaga keldi, deya xabar bermoqda poytaxt IIBB matbuot xizmati.
Kichik halqa avtomobil yo‘li ko‘chasida to‘xtab turgan, fuqaro A.B.ga tegishli bo‘lgan mashinadagi yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Bir nafar fuqaro kuyish jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Yong‘in natijasida avtomobilga jiddiy zarar yetgan. Hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilgan. Hozirda yong‘in yuzaga kelishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda.