Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida 2023 yil 9 fevral kuni yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda To‘rtko‘l tumanida yong‘in bo‘layotgani bo‘yicha xabar tarqalgan. Xabar bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining To‘rtko‘l tumani bo‘limi xodimalari voqea joyiga borib olovni bartaraf qilishdi.

Yong‘inning yuzaga kelishi «Amudaryo» daryosi bo‘yidagi Xorazm viloyati bilan chegaradosh hududda qurigan o‘t-cho‘plarda yong‘in yuzaga kelishi sabab bo‘lgan. Voqea sabab hech kim tan jarohatini olmagan va vafot etmagan.